Buxoro viloyatida soliq sohasi vakillari uchun o‘quv seminari tashkil etildi

2022-yil 10-may kuni “IT Park” Buxoro viloyati filialida soliq sohasi vakillari uchun o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Trening Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanishga bag‘ishlandi.

Unda 200 kishi ishtirok etib, tadbir davomida ishtirokchilarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan qanday ishlash kerakligi tushuntirildi. Bundan tashqari, tinglovchilar platformaning qulayligi va portalda ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Taqdimotni IT Park Buxoro ta’lim bo‘yicha menejeri Juraev Sherzod o‘tkazdi.

Eslatib oʻtamiz, tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-martdagi “Jahon banki ishtirokida soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-178-sonli qarori ijrosi doirasida oʻtkazildi.

2022-05-12