Buxorodagi IT Parkʼda “Istiqbolli IT loyihalari” tanlovi boʻlib oʻtdi

28-iyun kuni IT Park Buxoro filialida Yangi Oʻzbekiston yoshlari, biz birlashamiz!” shiori ostidagi yoshlar festivali doirasida Istiqbolli IT loyihalari” tanlovi boʻlib oʻtdi.

Yoshlar musobaqasi Buxoro shahridagi IT Park tashabbusi bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Buxoro viloyati boshqarmasi, Buxoro viloyati hokimligi, shuningdek, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil qilindi.

Tadbirning asosiy maqsadi ushbu mintaqaning axborot texnologiyalari sohasidagi gʻoyalari va innovatsion loyihalarini ommalashtirish, shuningdek, ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun eng yaxshi loyihalarni moliyalashtirishga qiziqqan yosh avlod vakillarini birlashtirish.

Istiqbolli IT loyihalari” tanlovida taʼlim, tibbiyot, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalaridagi turli xil biznes muammolarini hal qilish boʻyicha innovatsion loyihalarga qiziqqan 70 dan ortiq faol yigit-qizlar ishtirok etishdi. Tanlov ishtirokchilariga nafaqat oʻz gʻoyalarini taqdim etish, balki IT-loyiha menejerlarining keng tarqalgan xatolari toʻgʻrisida tajribali IT mutaxassislarining maʼruzalarini tinglash imkoniyati berildi.

Tanlov gʻoliblari oʻzlarining innovatsion gʻoyalari bilan tadbir tashkilotchilarining sertifikatlari va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

2021-07-05