“C Space” IT Park inkubatsiya va akseleratsiya dasturi ishtirokchilari uchun oʻz eshiklarini ochmoqda

“C Space” kovorking markazlari IT Park inkubatsiya va akseleratsiya dasturi ishtirokchilari uchun oʻz eshiklarini ochmoqda, bu orqali esa ularga oʻz startaplarini samarali ishlab chiqish va amalga oshirish uchun maxsus xonalardan foydalanish imkoniyatini beradi.

Mazkur kovorking markazi 24/7 ishlaydi, shuningdek, startap asoschilari oʻz loyihalari bilan band boʻlgan bir paytda, barcha kundalik muammolarni hal qiladi. C Space”ning ikkinchi kovorking markazi hozirda taʼmirlanmoqda.

Taʼkidlash joizki, ushbu voqea IT Park uchun alohida ahamiyatli boʻldi, chunki birinchi marta kovorking markazi qadriyatlarimizga sherik boʻlgan holda bizning inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarimiz ishtirokchilari uchun chin koʻngildan joy yaratishga qaror qildi.

Eslatib oʻtamiz, IT Parkda inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarining uchinchi toʻlqini boshlanganidan buyon tanlov doirasida 2 ta Pitch day tashkil etildi.

Uchinchi toʻlqin inkubatsiya va akseleratsiya dasturida ishtirok etish uchun jami 202 ta ariza berilgan, ulardan 34 tasi Pitch dayʼlarda qatnashgan.

Inkubatsiya dasturi ajoyib gʻoyalarga ega havaskorlar uchun moʻljallangan boʻlib, buni amalga oshirishlari uchun oʻquv jarayonlarida ularga professionallar yordam koʻrsatadi. Akseleratsiya dasturi, oʻz navbatida, yanada shakllantirish uchun ishlab chiqilishi kerak boʻlgan prototip egalariga moʻljallangan.

IT Parkʼdagi inkubatsiya va akseleratsiya dasturining uchinchi toʻlqini 3 oy davomida 8 ta modul va 34 ta tadbirdan tashkil topadi.

Tadbir doirasida oʻquv va ekspertlik mashgʻulotlari, joylarda oʻtkaziladigan sinovlar, Bootcamp va, albatta, Pitsa kechasi mavjud! Eng soʻnggida, har doimgidek, loyihalaringizni namoyish etishingiz va oʻzizngizni koʻrsatishingiz mumkin boʻlgan Demo day kutmoqda.

Bu safar tezlashish (tez oʻsish), mentorlik, investorlar bilan potensial “matching”ga va nazariya emas, balki amaliyotga alohida eʼtibor qaratiladi.

C Space kovorking markazi haqida

C-Space - bu o'z rezidentlari qulayligi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratadigan zamonaviy ish maydoni, xususan:

- jihozlangan ish joylari;

- zarur ofis jihozlari (printer, skaner);

- choy, kofe, pechenye, idishlar bilan jihozlangan oshxona;

- haftalik ozodalik;

- yuqori tezlikdagi internet;

 

- VR shamollatish tizimi, shuningdek Lounge zonalari, anjumanlar zallari, dam olish joylari va boshqa koʻp narsalar.

IT Park C Space kovorking markazi bilan hamkorlik qilishdan mamnunligini va samarali hamkorlikdagi faoliyatga umidvor ekanligini bildiradi.

Kovorking markazlari manzillari:

Amaldagi: Toshkent shahri, Chust koʻchasi. 1 100077.

Qurilish jarayonida: Shayhontoxur koʻchasi, Afsona kafesi yonida.

2021-04-23