“Central Asian Innovation Hubs” — IT Park Uzbekistan va “Astana Hub Kazakhstan” qo‘shma ittifoqi dunyodagi eng yirik texnologik tadbir — “WebSummit Lissabon 2024”da faol ishtirok etib, 15 ta istiqbolli startapning mintaqaviy ko‘rgazmasini namoyish etmoqda.
Qo‘shma ishtirok umumiy maqsadni — Markaziy Osiyoni texnologiyalar va autsorsing bo‘yicha yetakchi markaz sifatida namoyon etishni ta’kidlaydi. Ko‘rgazma muhim loyihalar, hamkorlik imkoniyatlari va O‘zbekiston hamda Qozog‘istonda kuchayib borayotgan startap ekotizimiga e’tiborni jalb qildi.
“Markaziy Osiyo yangi ‘yakkashoxlar’ning paydo bo‘lishi va faol tadbirkorlik muhitini shakllantirish uchun ulkan salohiyatga ega bo‘lib, tez sur’atlar bilan global texnologik maydondagi muhim o‘yinchiga aylanmoqda,” — dedi IT Park Uzbekistan bosh direktori Farhod Ibragimov. “Central Asian Innovation Hubs doirasida biz ekotizimimizni innovatsiyalar sohasidagi jahon yetakchilari, inkubatorlar, akseleratorlar, fondlar va investorlar bilan integratsiya qilish uchun sharoit yaratishga intilamiz. Ushbu aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali biz mintaqada texnologik rivojlanishni jadallashtirish, investitsiyalarni jalb qilish va texno-tadbirkorlarning o‘sishi uchun yangi imkoniyatlar yaratishga ko‘maklashamiz. Bizning tashabbuslarimiz nafaqat iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga, balki mintaqani muvaffaqiyatli global raqobatda zarur bo‘lgan qo‘llab-quvvatlash, resurslar va aloqalar bilan ta’minlashga qaratilgan. Hamkorliklar tufayli biz Markaziy Osiyoni global texnologiyalar va innovatsiyalar markaziga aylantirish uchun mustahkam poydevor yaratmoqdamiz.”
“WebSummit Lisbon 2024’ tadbirida O‘zbekistonning yorqin texnologik innovatsiyalarini quyidagi startaplar namoyish etmoqda:
BMTTD tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan ushbu startaplar O‘zbekistonda texnologiyalarning jadal rivojlanishini ifodalaydi. Ular sun’iy intellekt, aqlli energiya ta’minoti, raqamli banking, teletibbiyot va boshqa innovatsion sohalarda yechimlar taklif qilish orqali jahon maydonida muvaffaqiyatga erishishga intilmoqda.
“Biz Markaziy Osiyoda texnologik kompaniyalar va startaplarning o‘sishi uchun mustahkam ekotizim yaratishga sodiqmiz. Google for Startups, Draper University, Presight.AI va Alchemist Accelerator kabi jahon yetakchilari bilan hamkorlik rezidentlarimiz uchun noyob imkoniyatlarni ochadi, bizning akseleratsiya dasturlarimiz — Hero Training, Silkway Accelerator va Scalerator esa tadbirkorlarga yangi cho‘qqilarga chiqishga yordam beradi. Markaziy Osiyo startaplari hayratlanarli natijalarni namoyish etmoqda: Citix mintaqadagi mashhur amerikalik venchur investor Tim Drayerning investitsiyasini jalb qilgan birinchi loyiha bo‘lib, 98 million dollarga baholandi. Xuddi shunday, Uzum 114 million dollar miqdoridagi moliyalashtirishni oldi va 1,16 milliard dollarlik baholanishga erishib, ‘yakkashox’ga aylandi. Biz Markaziy Osiyo raqobatbardosh kompaniyalar bilan xalqaro bozorlarga ishonch bilan chiqishga tayyor bo‘lgan innovatsiyalar markaziga aylanayotganini kuzatmoqdamiz,” — dedi “Astana Hub” bosh direktori Majjan Madiyev.
“Lissabon WebSummit” tadbirida bir nechta qozog‘istonlik startaplar ham ilg‘or yechimlarini taqdim etmoqda, jumladan:
IT Park Uzbekistan va “Astana Hub”ning “WebSummit Lisbon 2024” tadbiridagi hamkorlikdagi ishtiroki Markaziy Osiyoning shakllanayotgan texnologik ekotizimini namoyon etmoqda. Ilg‘or davlat siyosati bilan qo‘llab-quvvatlanadigan ushbu ekotizim Markaziy Osiyo startaplarining xalqaro bozorga muvaffaqiyatli chiqishi uchun sharoit yaratadi, ularga investorlar bilan aloqa o‘rnatish imkonini beradi va global kengayish imkoniyatlarini oshiradi. Yuqori malakali ishchi kuchi va Yevropa hamda Osiyo o‘rtasidagi strategik qulay joylashuvi tufayli Markaziy Osiyo jahon texnologiya hamjamiyatida o‘zini ishonchli tarzda muhim o‘yinchi sifatida namoyon etdi. “WebSummit Lisbon 2024” tadbirida ishtirok etish bu jarayonning muhim bosqichi bo‘lib, mintaqaning salohiyatini ko‘rsatadi va Markaziy Osiyoning texnologiyaga asoslangan iqtisodiyoti uchun yorqin kelajakdan darak beradi.
2024-11-13