CISCO CCNA kurslari tinglovchilariga sertifikatlar berildi

Joriy yilning 12-noyabr kuni IT Park Toshkent filialida «Raqamli O‘zbekiston – 2030» rivojlanish strategiyasida nazarda tutilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan CISCO CCNA kurslari bitiruvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy ishtirokchilari GIZ mutasaddilari, IT Park Uzbekistan direktori o‘rinbosari Jahongir Rajabov, IT Park Tashkent direktori Sherzod Abdurahmonovlar bo‘lib, kurs bitiruvchilariga kursni muvaffaqiyatli tamomlaganliklari to‘g‘risidagi sertifikatlarni topshirdilar.

«CISCO CNNA» kursida davlat tashkilotlarining texnik direktorlari va tarmoq muhandislari ishtirok etib, 3 oy davomida nafaqat o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish, balki o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashish, tarmoq doiralarini kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Kurslar o‘zbek va rus tillarida boʻladi.  Taxminan 100 akademik soat davom etgan butun o‘quv kursi oxirida to‘plangan bilimlarni tekshirish uchun imtihon o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, CCNA (Cisco Certified Network Associate) Routing and Switching Cisco sertifikatlashtirish tizimidagi eng keng tarqalgan sertifikat bo‘lib, u zamonaviy tarmoq uskunalari bilan jiddiy ishlash uchun majburiydir.  Ushbu sertifikat butun dunyoda amal qiladi va uning egasiga boshqa murojaat etuvchilardan ajralib turishga imkon beradi va ish beruvchiga ma’lum darajadagi ko‘nikma va bilimlarni kafolatlaydi.

2021-11-19