“CodeFest 2023” xakatoni

15 iyundan 17 iyunga qadar Toshkent viloyatida “CodeFest” viloyat hokimi xakatoni bo‘lib o‘tadi. Tanlov Toshkent viloyati hokimligi ko‘magida IT Park tomonidan tashkil etilmoqda.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad viloyatning IT salohiyatini oshirish va innovatsion loyihalar uchun qulay muhit yaratishdan iborat.

"CodeFest" xakatoni yosh mutaxassislar uchun o‘zini namoyon etish va loyihalari uchun katta moliyaviy yordam olish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Xakatonning umumiy mukofot jamg‘armasi 1 milliard so‘mni tashkil etadi.

Tanlov 5 ta asosiy va 1 ta maxsus yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi:

☑️ Sun'iy intellekt;
☑️ Ijtimoiy yo’nalishlar;
☑️ Kiberxavfsizlik;
☑️ Tadbirkorlik va moliya;
☑️ O'yin sanoati;
☑️ Maxsus yoʻnalish.

Xakatonda 16 yoshdan oshgan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish 5-iyun, soat 23:59 gacha quyidagi havola orqali amalga oshiriladi: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeLjeBKO-t2Rgf2Q4EEykY7xKATm-KoX0-tGHQwFZUbYmBBVQ/viewform

2023-05-29