“Cookie Crew” jamoasining mahalliy turnirdagi ikkinchi g‘alabasi!

2021-yil 28-fevral kuni Toshkentda “E-Bash” kompyuter klubi tomonidan tashkil etilgan kibersport turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu turnirda IT Park homiyligida faoliyat yuritayotgan “Cookie Crew” jamoasi sovrinli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Turnirda jami 16 ta jamoa qatnashdi. Turnirning sovrin jamg‘armasi 8 000 000 so‘m tashkil etdi.

Yigitlarimizga Toshkentdagi mahalliy jamoalar bilan raqobatlashish ancha og‘ir kechdi.

Saralash matchida “Cookie Crew” jamoasi “Fly” jamoasiga qarshi o‘ynadi va 1:0 hisobi bilan oldinga chiqdi.  Finalning ¼ qismi “Max Game” jamoasi bilan bo‘lib o‘tdi. “Cookie Crew” 2:0 hisobi bilan g‘alabani qo‘lga kiritdi hamda bu g‘alaba ularga yarim finalga chiqishlariga imkon berdi. Yarim finalda ular “Fallen” jamoasiga duch kelishdi va 2:0 hisobi bilan g‘alaba qozonishdi.  Finalda ular tajribali “Glorious” jamoasi bilan o‘yin olib borishdi hamda “Cookie Crew” jamoamiz 2:0 hisobi bilan turnirning mutloq g‘olibiga aylandi.

Turnir natijasiga ko‘ra, “Cookie Crew” jamoasi 4.000.000 so‘m miqdoridagi sovrinni qo‘lga kiritdi, shuningdek, kelgusi turnirlarda hamroh bo‘ladigan ijobiy his-tuyg‘u va tajribalarga ega bo‘lishdi.

Biz “Cookie Crew” jamoasini qo‘lga kiritgan g‘alabasi bilan chin dildan tabriklaymiz hamda kelgusi turnirlarda ham g‘alaba qozonishlarini tilab qolamiz. 



2021-03-01