2020-voqealari insoniyatni turli kutilmagan va gʻayrioddiy vaziyatlarga moslashishga, pandemiya va karantin tufayli aloqa, ish va taʼlimning muqobil yoʻllarini izlashga majbur qildi. Bu odamlar onlayn taʼlimga boshqa tarafdan qarashga imkon berdi va uning afzalliklari oflayn oʻqishdan kam emasligini anglash imkonini berdi. Shunday qilib, odatiy hayot tarzini oʻzgartirish, yangi imkoniyatlarga ega boʻlishni oʻrgatdi, desak adashmaymiz.
Onlayn taʼlimning afzalliklari juda koʻp. Onlayn taʼlim barcha rivojlangan mamlakatlarda uzoq vaqtlardan amal qilib keladi. Lekin haligacha koʻp odamlar uning foydali taraflari koʻpligiga shubha bilan qarashadi.
Onlayn taʼlimning afzalliklari haqida gapirganda, ushbu rejimning amaliylik darajasini qayd etish lozim. Onlayn oʻquv mashgʻulotlarida siz har qayerda boʻlishingizdan qatʼiy nazar, internet orqali ishtirok etish imkoniga ega boʻlasiz. U uyingiz, qahvaxona, futbol maydoni, sport zali yoki yotgan joyingiz boʻlishi mumkin. Yoʻl, vaqt, pul va kuch sarflashning hojati yoʻq. Yana bir soʻz – onlayn oʻqish rostdan ham qulay. Bundan tashqari, onlayn taʼlim talabani har qanday ramka va cheklovlardan xalos qiladi. Hech kim sizni tashqi koʻrinish, forma kiymaganligingiz, daftar yoki dars davomida niqob taqqaningiz uchun ogohlantirish bermaydi.
Bugun smartfonlar va elektron “qurilmalar” hayotimizning ajralmas qismiga aylanib qoldi, shunday ekan, onlayn taʼlim bir qarashda jamiyat uchun dahshatli narsa emas. Biz shu paytgacha “Skype”dan biznes bitimlarida ishtirok etish yoki onlayn muloqot qilish va tanishlar bilan koʻrishish uchun foydalanardik, xoʻsh, shunday ekan bizni onlayn taʼlim olishimizga nima toʻsqinlik qiladi? Koʻp yillar davomida orttirilgan telefonni qoʻldan qoʻymay, turli ijtimoiy tarmoqlar va onlayn platformalardan foydalanish koʻnikmasi onlayn dars taqdim etadigan axborot va oʻquv materiallarini qabul qilish va oʻrganishni osonlashtiradi. Shuning uchun ham talaba anʼanaviy dars va onlayn dars orqali maʼlumotni qabul qilish oʻrtasida katta farq sezmaydi. Bu esa, talabaga zarur bilimlarni onlayn oʻrganishda suvdagi baliqdek his qilish imkonini beradi.
Onlayn taʼlimning yana bir afzalligi shundaki, darslar odatda oʻqituvchining oʻzi tomonidan yoziladi, shuning sababli talabada oʻtilgan dars bilan qayta tanishish, maʼlumotlarni takrorlash va shu bilan oʻquv materialini yaxshiroq oʻrganish imkoniga ega. Ananaviy dars jarayonlarini hech kim videoga olmaydi, natijada koʻplab kerakli maʼlumotlar yoʻqolib ketadi. Onlayn darslarda esa siz istagan paytingiz kerakli darsga qaytib, 3 yildan keyin ham qaytadan oʻrganishingiz mumkin. Ha, onlayn darsni qayd etib borish juda oson va buning uchun video kameralar kerak emas.
Biz onlayn taʼlimning asosiy afzalliklari bilan tanishdik va endi masofadan turib igna bilan quduq qazishga tayyomiz. Lekin quduqni qayerdan qazish kerak? Dasturlash sirlarini qayerdan onlayn oʻrganish mumkin? IT Academy PDP kurslari, shubhasiz, onlayn taʼlim orqali IT sohasida professional boʻlish yoʻlida sodiq doʻstingiz va murabbiyingiz boʻladi. PDP IT Academy – bu IT kurslari boʻyicha koʻplab tanlovga ega boʻlgan akademiya. PDP IT Academyʼda siz Android dasturlash, Python dasturlash, Frontend, Flutter, iOS va boshqalar kabi dolzarb IT mutaxassisliklarini oʻrganishingiz mumkin. Ushbu akademiya kurslarining ajoyib tomoni – talabaning oʻzi taʼlim rejimi, vaqti va tezligini tartibga soladi va tanlaydi.
Oddiy taʼlim rejimi talabaning oʻzi uchun qulay boʻlgan oʻquv vaqtining tezligini tanlashini nazarda tutadi. Talabaning oʻzi oʻrganish uchun eng qulay boʻlgan tempni aniqlaydi. Ushbu rejim maktab yoki universitetda oʻqiyotgan yoki ishlayotgan va parallel ravishda dasturlashni oʻrganishni istaganlar uchun javob beradi. Oddiy rejimda oʻqitish ish yoki oʻquv faoliyatiga taʼsir qilmaydi, chunki u talabaning vaqtini va tezligini tartibga soladi.
Ikkinchisi – intensiv taʼlim rejimi. U 8 soatlik darsni oʻz ichiga olgan boʻlib, haftada kamida 5 kunni tashkil etadi. Intensiv oʻrganish bilan talaba koʻproq bilim, topshiriq, amaliyot, tajriba oladi va eng muhimi, katta natijalarga erishadi.
PDP IT Academy onlayn kurslari oʻquvchiga har doim yordam berishga tayyor tajribali oʻqituvchilar va mentorlar tomonidan aniq va izchil nazorat qilinadi, barcha kerakli bilim hamda materiallar berib boriladi, shuningdek talaba ish topish, zarur bilimlarni oʻrganishi uchun barcha koʻrsatmalarga ega boʻladi.
Onlayn dasturlash taʼlimining ikkinchi manbayi “One million Uzbek Coders” (OMUC) boʻlishi mumkin. OMUC – bu dunyodagi eng muhim mutaxassisliklardan biri boʻyicha kurslarni mutlaqo bepul olishingiz mumkin boʻlgan onlayn platforma. Ushbu kurslar orasida Android (Google bilan hamkorlikda), Front-end development, Full-stack development va Data Analysis kiradi.
Platforma foydalanish uchun juda qulay, kurslar oddiy til va interfaol koʻrinishda tushuntiriladi, shuning uchun soha haqida hech qanday maʼlumotga ega boʻlmagan odamlar ham yuqorida sanab oʻtilgan toʻrtta mutaxassislikdan biri boʻyicha boshlangʻich koʻnikmaga ega boʻlishi mumkin.
Va eng muhimi, agar siz OMUC kurslarini imtiyozli ravishda tugatsangiz, Udacity Nanodegree grantini qoʻlga kiritib Udacity platformasida kurslarni bepul olishingiz mumkin.
Udacity platformasi IT mutaxassisligiga yoʻnaltirilgan yetakchi onlayn taʼlim platformasi. Oʻquv dasturlari va kontent kurslari Google, Facebook, Amazon, Autodesk va boshqalar kabi yetakchi IT sanoat kompaniyalari bilan birgalikda ishlab chiqilgan.
OMUC platformasida kurslarni qulay oʻrganish uchun yagona talab – oʻzbek yoki ingliz tilini bilish.
Va oxirgi, lekin onlayn taʼlimning eng yaxshi manbalaridan biri – Coursera platformasi. Hoynahoy mazkur platforma haqida eshitgansiz. Coursera butun dunyodagi eng yetakchi onlayn taʼlim platformalaridan biridir. Sayyoramizning eng yaxshi universitetlarining eng yaxshi oʻqituvchilari ushbu platformada dars berishadi.
Coursera portalida 64 000 000 dan ortiq foydalanuvchi roʻyxatga olingan, 4 500 dan ortiq kurs, 450 ta mutaxassislik, 20 daraja mavjud. U erda siz IT sohasining turli kurslarini topishingiz mumkin. Kurs oxirida sizga sertifikat beriladi. Coursera platformasidagi koʻplab kurslar pullik, ammo hozir sizda ushbu kurslarni bepul oʻrganishdek ajoyib imkoniyat mavjud. Ushbu maqola soʻnggida koʻrsatib oʻtilgan havola orqali joriy yilning 31 dekabriga qadar roʻyxatdan oʻting. 2021-yildan boshlab aksiya muddati tugaydi.
Har qanday holatda ham, insoniyat hozirgi global oʻzgarishlarga va yangi qoidalar bilan yashashni oʻrganishi kerak. Onlayn taʼlimning esa, shubhasiz, kelgusida ahamiyati oshib boraveradi. Garchi bu jarayon allaqachon boshlangan boʻlsa-da.
PDP IT Academy: http://pdp.uz
One Million Uzbek Coders: http://uzbekcoders.uz
2020-10-13