Yaqinda Toshkentdagi Gyote-Institutda GameDev Goethe-2021 oʻyinlarini rivojlantirish inkubatorining ikkinchi mavsumining yopilish marosimi bo'lib o'tdi, shu munosabat bilan uch oy davomida jamoalar tomonidan yaratilgan oʻyinlar namoyish etilgan Open-Air koʻrgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada turli janrlarda 15 dan ortiq mobil va kompyuter oʻyinlari, shu jumladan bir nechta oʻquv oʻyinlari namoyish etildi.
Tadbir davomida 300 dan ziyod mehmonlar GameDev Gyote oʻyinlar inkubatorining ikkinchi mavsumi finaliga yoʻl olgan 20 dastur ishtirokchilarining yangi mahsulotlari va ishlanmalari bilan tanishdilar.
Tadbir natijasida mehmonlar dasturchilar bilan yaxshiroq tanishish va ular bilan muloqot qilish, oʻyin mahsulotini yaratishdagi murakkabliklar haqida bilish va oʻz armoqlarini kengaytirish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Yakunda eng yaxshi oʻyinlarga ega boʻlgan ishtirokchilarga qimmatbaho sovgʻalar hamda IT Park va boshqa sheriklar tomonidan pul mukofotlari topshirildi.
GameDev Gyote - bu Oʻzbekistondagi oʻyin yaratishni rivojlantirish boʻyicha birinchi inkubator, uning maqsadi oʻyinlarga qaram bo'lgan, fikrlovchi odamlarni topadigan va o'z oʻrinlarini yaratadigan yoshlarni qo'llab-quvvatlashdir. Bunda ularga oʻyinni rivojlantirish sohasida koʻp yillik tajribaga ega tajribali mutaxassislar yordam berishadi.
Loyiha Oʻzbekistondagi Gyote instituti tomonidan IT Park koʻmagida 2020 yilda yaratilgan.
2021-07-09