IT-Parkda amaliyot dasturi ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor kompaniyalar bilan “Digital Internship” dasturi bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Digital Internship” dasturi - bu IT yo‘nalishini bitirgan yosh qizlar va boshlang‘ich darajadagi yosh mutaxassislar uchun ishga joylashishga yordam berishga qaratilgan intensiv qisqa muddatli amaliyot dasturidir. Amaliyotning ijobiy natijalariga ko‘ra, qizlar va ayollar amaliyot o‘tayotgan korxonalarda yoki IT-Park tomonidan tavsiya etilgan boshqa kompaniyalarda keyinchalik ishga joylashishlari mumkin.
Uchrashuv davomida dastur bo‘yicha asosiy fikrlar, ishtirok etish va kompaniyalarning amaliyotchilarni ishga olish shartlari muhokama qilindi.
Unda Good One, SIROCA TECH MChJ, Plus Soft PE, VELVET WEB DEVELOPMENT GROUP, Broject, Isea, Pro-Data, Devops MChJ, Artel, TechCells MChJ, Pay Way MChJ va boshqa kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
Aksariyat kompaniyalar O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasiga ega va IT sohasi bilan bog‘lan bo‘lib, aksariyati IT-Park rezidentlari hisoblanadi.
2022-10-17