E-tijorat boʻyicha onlayn kurs start oldi!

 

Eslatib oʻtamiz, kurs IT Park MITC bilan hamkorlikda insonlarni e-tijorat bo‘yicha o‘qitish maqsadida tashkil qilindi.   

Kursga jami 625 ta ariza topshirildi.

E-tijorat sohasidagi yetakchi mutaxassislar ushbu insonlar bilan birgalikda ishlashga, ularga oʻz onlayn savdosini rivojlantirishda yordam berishga tayyorlar.

Oldinda bizni yana 7 ta vebinar va diplom ishi kutib turibdi.

Diplom ishingizni muvaffaqqiyatli topshirganingizdan soʻng biz sizga e-tijorat kursini yakunlaganlik toʻgʻrisidagi elektron sertifikatni taqdim qilamiz.

Ishtirok eta olmagan, lekin onlayn savdoni boshqarishni oʻrganishni istagan insonlar http://epark.uz saytida roʻyxatdan oʻtishi va boʻlib oʻtgan maʼruzalarni koʻrib chiqishi mumkin.

Sizga bir kichik sirni ochamiz. Bizda, ishlab chiqish jarayonida yana ko‘plab onlayn kurslar mavjud. Yangiliklarni kuzatib boring va kutib qoling!

 

2020-07-01