17-fevral kuni soat 18:00da IT Park Toshkent filialida Edusession loyihasi doirasida “Global miqyosda qanday IT-yechimlar dolzarb?” mavzusida birinchi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Sessiya spikeri – Buyuk Britaniyaning AVDO Consulting kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi hamkori, AVDO’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Zuxra Abdurahmanova.
Sessiya davomida spiker FinTech, MedTech, AgriTech, BioTech, EdTech va global bozorda dolzarb bo‘lgan boshqa texnologiyalar haqida soʻzlab beradi.
Shuningdek, ishtirokchilar quyidagilar haqida bilib olishadi:
Tadbir rus tilida oʻtkaziladi. Ishtirok etish bepul, arizalar qabuli 17-fevral soat 15:00 gacha qabul qilinadi:
Eslatib oʻtamiz, Edusession dasturi global IT hamjamiyatining bir qismi boʻlish, karyera boshlash va daromad olishni boshlashdan manfaatdor boʻlgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Edusession doirasidagi tadbirlar har hafta oflayn va onlayn tarzda oʻtkaziladi. Sessiya davomida ishtirokchilar tanlangan yoʻnalish (dasturlash, dizayn, tahlil va boshqalar) boʻyicha bilimga ega boʻlishlari, oʻz loyihalarini ishga tushirish va dunyodagi eng yaxshi kompaniyalarda karyera imkoniyatlarini oʻrganishlari, ekspertlar bilan ishlash jarayonida oʻz malakalarini oshirishlari, netvorking oʻrnatishlari mumkin va boshqalar.
Zuxra Abdurahmanova oʻz faoliyatini 2001-yilda AQSH loyihalari boʻyicha oliy taʼlim, Scholarships, Network development, Strategy development, Project management loyihalarini boshqarish yoʻnalishlaridagi xalqaro dastur va loyihalar koordinatori sifatida boshlagan. Sotsiologik tadqiqotlar va loyihalarni boshqarish boʻyicha konsalting agentligining hammuallifi, IT sohasidagi rekruting agentligining hammuassisi.
Asosiy yoʻnalishlar: Business development, networking, strategiyani ishlab chiqish va xalqaro darajadagi loyihalarni ishga tushirish.
Oʻtmishda boʻlgan:
● Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi direktori o‘rinbosari;
● ilmiy kotib va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsiyalar vazirligining Ilmiy-texnika kengashi (ITK) a’zosi;
● Germaniya elchixonasining “Falling Walls” va SHHT doirasidagi “UNICORNS SCO 2022” hakamlar hayʼati aʼzosi;
● “StudentHack2021” IT Xakatoni hammuassisi;
● loyiha menejeri va “Biznes akseleratori” kursining dizayneri, GroundZero;
● Xalqaro biznes va texnologiyalar Assotsiatsiyasi (XBTA) ijrochi direktori.
2023-02-13