Edusession loyihasi doirasidagi birinchi uchrashuv qanday oʻtdi 

17-fevral kuni soat 18:00da IT Park Toshkent filialida “Edusession” loyihasi doirasida “Global miqyosda qanday IT-yechimlar dolzarb?” mavzusida birinchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Edusession dasturi global IT hamjamiyatining aʼzosi bo‘lish, karyera qurish va pul ishlashni boshlashdan manfaatdor bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Dastur doirasida birinchi boʻlib spiker Buyuk Britaniyaning “AVDO Consulting”ning Markaziy Osiyo boʻyicha boshqaruvchi hamkori, AVDO vakolatxonasi rahbari, sotsiologik tadqiqotlar va loyihalarni boshqarish boʻyicha konsalting agentligi hammuallifi, Oʻzbekistonda IT sohasidagi rekruting agentligining hammuassisi Zuhra Abdurahmanova soʻzga chiqdi.

Tadbirda jami 50 dan ortiq kishi qatnashdi. Sessiya davomida spiker AQSH loyihalari boʻyicha oliy ta’lim, Scholarships, Network development, Strategy development, Project management yo‘nalishlarida xalqaro dastur va loyihalar koordinatori sifatidagi tajribasi bilan boʻlishdi.

Ishtirokchilar FinTech, MedTech, AgriTech, BioTech, EdTech va global bozorida dolzarb bo‘lgan boshqa texnologiyalar haqida bilib oldilar. Shuningdek, ular qaysi sohani tanlashni oʻrgandilar;  investor aynan nimaga sarmoya kiritishini qanday aniqlash mumkin; global bozorga qanday kirish mumkinligini bilib oldilar.

Bir nechta ishtirokchilar tadbir haqidagi o‘z taassurotlari bilan boʻlishdilar:

  • Sergey Kolomichenko – reklama agentligi xodimi

Men uzoq vaqtdan beri FinTech sohasi haqida bilmoqchi edim va ushbu uchrashuvda barcha kutganlarimdan ham koʻp maʼlumot oldim. Sessiya davomida bizga global bozorida ommabop bo‘lgan istiqbolli yo‘nalishlar haqida so‘zlab berildi.  Bunday foydali va muhim tadbirni o‘tkazgani uchun IT Park va spikerdan juda minnatdorman. Bu juda foydali boʻldi”.

  • Aziz Mahmudov – boshlanuvchi startapper va Toshkentdagi Vestminster universiteti talabasi

“Edusession loyihasi doirasidagi birinchi uchrashuv juda qiziqarli va samarali bo‘ldi, chunki spiker bizga o‘z ish tajribasi haqida soʻzlab berdi.  Zuxra Abdurahmanova bizga texnologiya haqida koʻp narsalarni gapirib berdi va menga bu juda yoqdi. ChatGPT va sunʼiy intellekt haqidagi sessiyani ayniqsa eslayman. Spikerning ta’kidlashicha, ko‘plab korxonalar o‘z vazifalarini soddalashtirish va mijozlar so‘rovlarini tezroq hal qilish maqsadida uni allaqachon o‘z ishlariga integratsiyalashgan.

IT Park IT sohasiga qiziqqan har bir kishi uchun shunday dasturni o‘ylab topgani qanchalik yaxshi. Kelajakda men Edusession doirasidagi boshqa tadbirlarda qatnashishni rejalashtirmoqdaman”. 

  • Dmitriy Matua – konsalting kompaniyasi asoschisi/CEO

“Kompaniyamiz marketing konsaltingi bilan shugʻullanadi. Bugungi tadbir men uchun juda foydali bo‘ldi, chunki uchrashuvda xalqaro miqyosdagi maslahatlar mavzusi ko‘tarildi.  Zuhra IT sohasidagi tadqiqotlarini tasvirlab berdi va bu juda qiziq edi.  ChatGPT mavzusi ham yoqdi.  Ushbu innovatsiyani amalga oshirishga harakat qilayotgan innovatsion kompaniya sifatida biz uchun tafsilotlarni bilish foydali boʻldi.  Tajribali spikerlar bilan bunday mashgʻulotlar uchun tashakkur”.

IT Park sessiyaning barcha mehmonlariga minnatdorchilik bildiradi, tashkilotning rasmiy sahifalarida yangi tadbirlarni kuzatib boring!

2023-02-21