Ekspert fikri: AQShda startaplar qanday rivojlanmoqda?

IT Park vakili Amaliya Ergasheva “American Councils for International Education” tomonidan tashkil qilingan “Uzbekistan Business Leaders” dasturi doirasida AQSh’ga ta’lim safarida ishtirok etdi.

Amaliya oʻz sayohati haqidagi taassurotlari bilan oʻrtoqlashishni va u joylashgan IT mutaxassislari uchun eng katta diqqatga sazovor markaz, ya’ni Kaliforniya haqida oʻz taassurotlarini boʻlishishni xohladi.


AQSh’da har yili koʻplab startaplar yaratiladi. Bu yerda startaplar uchun biznes reytinglari juda yuqori. Shuningdek, har yili biznes-angellari soni tobora ortib bormoqda. Angel investitsiyalari ham tadbirkorlar, ham investorlar uchun potensial foyda hisoblanadi. Statistik ma'lumotlarga koʻra, oʻtgan yili angel fondini olgan Amerika kompaniyalari orasida jalb qilingan kapitalning o'rtacha miqdori taxminan 450 000 dollarni tashkil qiladi. Investitsiyalar ko'plab tarmoqlarni oʻz ichiga oladi. Angel investitsiyalarining eng yuqori darajasi texnologiya va sogʻliqni saqlash sohalariga toʻgʻri keladi. Bugungi kunda Amerika Qoʻshma Shtatlarda 250 000 dan ortiq faol biznes-angellar bor ", deydi Amalia.

Kaliforniyaning IT mutaxassislari uchun eng katta tortishish markazi sifatidagi muvaffaqiyati koʻplab omillar sababli rivojlandi:

- ajoyib biznes muhiti. Ish uchun eng zamonaviy ilmiy-texnika resurslari mavjud, ijodkorlik va zukkolik ruhi kuchli ragʻbatlantiriladi;

- kapitalning yuqori konsentratsiyasi. Bu erda shunchaki yangi loyihalarni boshlash va gʻoyalarni ilgari surish yetarli va  muvaffaqiyatli boʻlgan tagʻdirda, ularni xalqaro bozorlarga olib chiqishadi;

- mutaxassislar oʻrtasida yuqori ragʻbatlantiruvchi raqobat;

- kompaniyalar oʻrtasidagi gorizontal aloqalar.

Qiziqarli fakt

* Amerikalik IT mutaxassislarining taxminan 40% Kaliforniyada ishlaydi.

"La Jolla Country Day School" innovatsion maktabi

IT Park xodimi San-Diyegodagi “Jolla Country Day School” xususiy innovatsion maktabiga ham tashrif buyurdi. Maktab oʻz ichiga boshlangʻich(bolalar bogʻchasidan toʻrtinchi sinfgacha), oʻrta(5-8-sinflar) va yuqori (9-12-sinflar)makablarni oladi. Maktab kampusi va innovatsion laboratoriya bo‘ylab sayohat chog‘ida maktab xodimlari va o‘quvchilari maktabning innovatsion dasturi tadbirkorlikni o‘rganishni qanday rag‘batlantirayotgani va o‘quvchilarni mahalliy korxonalar va tadbirkorlar hamjamiyati bilan bog‘lashi haqida gapirib berdi. Maktabning innovatsion dasturi talabalarni haqiqiy muammolarni aniqlashga va dunyodagi ijobiy o'zgarishlarga hissa qo'shadigan innovatsion yechimlarni ishlab chiqishga undaydi.

“Bolalarga 6 yoshdan boshlab scratch va dasturlashni o‘rgatishadi. Orta maktab dasturida project va product management kurslari ham mavjud. Bu yerda innovatsion laboratoriya, robotics lab, virtual reality lab ham mavjud bo‘lib, unda oquvchilar mahsulot prototiplarini yaratishi va shunga mos ravishda o‘z startap loyihalarini ishlab chiqishlari mumkin. Oz mahsulotlarini ishlab chiqish istagidagi talabalar mahsulot prototipini yaratish uchun 3D printer, lazer mashinasi, tokarlik, frezalash mashinasi va boshqa zarur resurslarga ega innovatsion laboratoriyaga royxatdan otadilar. Shuningdek, oquvchilarga mentor biriktirilgan (robotexnika, IT va boshqalar sohadagi o’qituvchilar orasidan). Har 2 haftada bir marta oʻquvchilar oʻz loyihasi boʻyicha murabbiy bilan uchrashuv tashkil qilishadi (bu maktab oʻquv dasturiga kiritilmagan), - deya ta’kidlaydi IT Park xodimi.


Maktab venchur fondi

Maktabning ota-onalar va mahalliy tadbirkorlarning xayriya mablagʻlari hisobidan yigʻiladigan oʻz venchur fondi mavjuddir. Yilda bir marta maktab startap pitlarini tashkil qiladi, bu yerda bolalar o‘z g‘oyalarini taqdim etadilar (odatda 15 ta jamoa) va yuqoridagi “venchur fondi”dan o‘z startapini rivojlantirish uchun pul ola oladilar. Sarmoya miqdori esa 10 000 dollargacha boʻlishi mumkin.Hakamlar hay’ati tarkibiga oʻqituvchilar, tadbirkorlar va sarmoyador ota-onalar kiradi.

Talabalar biznes, ijtimoiy kampaniya boshlashni yoki texnologiya ixtiro qilishni yo boʻlmasa badiiy instalyatsiya yaratmoqchi va boshqa qanday yangilik qilmoqchi bo'lishlaridan qat’i nazar, maktab bir guruh mahalliy tadbirkorlar va mutaxassislardan maslahat va/yoki oʻquvchilar gʻoyalarini amalga oshirish uchun mablagʻ taklif qiladi.

Maktabning o‘z karyera markazi ham mavjud. O‘rta maktabning eng yaxshi o‘quvchilari yozda IT kompaniyalarda, muhandislik kompaniyalarida va hokazolarda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega boʻladilar.

“Raqamli asrda innovatsion startaplarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Startaplar ish bilan bandlikni oshiradi, bu esa iqtisodiyotga foyda keltiradi. Bugungi kunda Silikon vodiysi AQShdagi startaplar va eng so‘nggi texnologiyalarni jalb qiluvchi yagona markaz emas. Texas shtati mamlakatdagi ikkinchi yirik innovatsion markazdir”, deb aytadi Amaliya Ergasheva.

Texas-ikkinchi yirik innovatsion markazdir

Texas iqtisodiyoti Qo‘shma Shtatlardagi eng yirik va eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotlardan biridir. Bugungi kunga kelib u dunyodagi to‘qqizinchi iqtisodiyot va o‘nlab biznes-inkubatorlar, akseleratorlar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash saytlari bilan AQSh innovatsiyalari markazidir. “Fortune 500” ro‘yxatiga kiritilgan ko‘plab IT kompaniyalar bosh ofislari Ostinda joylashgan yoki hozirda Oracle, Google, Tesla, Apple, IBM, Amazon kabi boshqa kompaniyalarni ko‘chirish jarayonida.

Yuqori texnologiyalar eksporti bo‘yicha lider

Texas yuqori texnologiyalar eksporti boʻyicha yetakchi hisoblanadi (yiliga 44,9 milliard dollar). Yuqori texnologiyalar sohasida 936 400 kishi, axborot texnologiyalari sohasida 360 000 dan ortiq kishi ishlaydi. Texasdagi IT-kompaniyalar soni 30 000 ga yaqin.

"Capital Factory" akseleratori

IT Park xodimi Ostindagi shtatdagi eng yirik akseleratorlardan biri hisoblanadigan “Capital Factory”ga ham tashrif buyurdi. “Capital Factory”hududida tadbirkorlar yangi texnologiyalarni sinovdan o‘tkazishi, investor va hamkorlar topishi, seminar va treninglarda qatnashishi mumkin. Bundan tashqari, “Capital Factory” turli bosqichlardagi startaplarga sarmoya kiritadi. Ushbu akselerator 200 dan ortiq oʻz mentorlariga ega. Startap jamoasi kovorking maydonidan 6 oy davomida bepul foydalana oladi.

"International Accelerator" akseleratori

Shtatdagi yana bir taniqli akselerator - bu xorijdagi startaplarni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish uchun 12 oylik dasturni taklif qiladigan “International Accelerator” hisoblanadi. Arizalar butun yil davomida topshiriladi. Ushbu 12 oy davomida startap oʻzi uchun zarur boʻlgan hamma narsani: akseleratorda ishtirok etish uchun AQSh’ga kelish uchun viza yordami, investitsiyalar, mentorlar, uy-joy, oziq-ovqat, startapni rivojlantirish uchun pul va boshqalarni oladi. Bularning barchasi 10-15% aksiyalar evazigadir. Butun dunyo bo‘ylab yillik arizalar soni 1000 ga yaqin bo‘lishiga qaramasdan, yiliga 15 dan ortiq startap qabul qilinmaydi.

Ularning portfoliyosiga bozor qiymati 1 milliard dollardan ortiq bo‘lgan startaplar, ya’ni unicornlar ham kiradi. Kvant hisoblash va kiberxavfsizlik startaplari eng ko‘p investitsiyalarni jalb qilmoqda. IBM kompaniyasidan Robert Satorning hisob-kitoblariga ko‘ra, kvant dasturiy ta’minoti, apparat ta’minoti va hatto konsalting sohalarida 100 ga yaqin startaplar mavjud.

Dunyoda nechta yakkashox bor?

"CBInsights" tahliliy byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 801 ta yakkashox mavjud va ular bozor bahosi 1 milliard dollardan oshgan kompaniyalardir. Umuman olganda, dunyodagi jami yakkashoxlar 2 trillion 588 milliard dollarga baholangan.

Shtat, shuningdek, Ostindagi Texas universitetida startap loyihalarini  kuchli qo‘llab-quvvatlashi bilan taniqlidir. Bugungi kunda Texas universitetida 50 000 dan ortiq talaba bor, bu esa uni yangi iqtidorlarni topish uchun ideal joyga aylantiradi.Shuningdek, universitetda Kendra Skott ayollar tadbirkorligi instituti (Texas universiteti bitiruvchisi, taniqli amerikalik dizayner va tadbirkor) joylashgan. Institut ayollar startaplarini ham faol qo‘llab-quvvatlaydi.

“Har bir alohida korxona muvaffaqiyatidan qat’i nazar, umuman, innovatsiyalarni ilgari surish, yangi yechimlarni ishlab chiqish va ish o‘rinlari yaratishda startaplar muhim rol o‘ynaydi, – deydi IT Park xodimi Amaliya Ergasheva.

2021-11-04