Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi o‘z jamoasi mutaxassislar izlamoqda!

O‘zbekiston Respublikasi elektron hukumati loyihalarini boshqarish markazi o‘z jamoasi mutaxassislar izlamoqda.

Bizga qaysi turdagi mutaxassislar kerak?

1. Backend-dasturchi (Senior + Middle)

2. Frontend-dasturchi (Senior)

3. UI/UX dizayner

4. Analitik (tahlilchi) (2 kishi)

 

Agar mazkur ro‘yxatdagi vakansiyalar senga to‘g‘ri kelsa va o‘zingni yuqori aytilgan mutaxassislardan biriman, deb hisoblasang, batafsil ma’lumotni quyida keltirib o‘tamiz:

 

1. Backend-dasturchi (Senior + Middle).

So‘raladigan ish tajribasi: 3 yildan boshlab.

Majburiyatlari:

•Yuqori murakkablikdagi axborot veb tizimlarini noldan ishlab chiqish;

•API yaratish;

•Boshqa tizimlar bilan integratsiya qilish uchun xizmatlar ishlab chiqish;

•Menejerlarga texnik savollar bo‘yicha maslahat berish;

•Ishlab chiqilgan axborot tizimlari va dasturiy ta’minotni davomiy qo‘llab-quvvatlash.

Talablari:

•Ko‘rsatilgan dasturlash tillaridan birini bilish: Middle dan quyi bo‘lmagan darajada Java, C# (.net Core platformasi);

•Sanoat MBBT bo‘yicha tajriba;

•Axborot tizimlari arxitekturasini loyihalay olish;

•Axborot xavfsizligi sohasidagi bilimlar;

•Yuqori murakkablikdagi tizimlar bilan ishlash tajribasi (bir vaqtning o‘zida 1000 dan ortiq qo‘shilishlar); Shu kabi tizimlarni ishga tushirish tajribasi. Ko‘p oqimlilik sohasidagi bilimlar;

•Versiyani nazorat qilish tizimi bilan ishlash tajribasi;

•Mikro xizmat arxitekturasi bilan ishlash tajribasi;

•Jamoa bo‘lib ishlay olish;

•Testlar bilan ishlash tajribasi.

Ish haqi: 10 000 000 so‘mdan  (suhbat yakuniga ko‘ra).

 

2. Frontend-dasturchi (Senior)

Ish tajribasi: 3 yildan boshlab.

Majburiyatlari:

•Veb tizim interfeysini ishlab chiqish;

•Dizaynni muhokama qilishda ishtirok etish;

•Menejerlarga texnik savollar bo‘yicha maslahat berish;

•Ishlab chiqilgan axborot tizimlari va dasturiy ta'minotni davomiy qo'llab-quvvatlash.

Talablari:

•HTML+CSS+JavaScript bo‘yicha bilimlar;

•Veb ishlab chiqish uchun freymforklarni bilish (Angular, React, Vue.js larning biri);

•UI/UX sohasida bilim va ko‘nikmalar;

•Axborot xavfsizligi sohasida bilimlar;

•Versiyani nazorat qilish bo‘yicha ish tajribasi;

•Jamoaviy ishlash qobiliyati;

•Testlar bilan ishlash qobiliyati.

Ish haqi: 15 000 000 so‘mdan (suhbat yakuniga ko‘ra).

 

3. UI/UX dizayner.

Ish tajribasi: 3 yildan boshlab.

Majburiyatlari:

•Foydalanuvchi interfeysini loyihalash hamda chizish;

•Tizim dizayni va gaydlaynlar yaratish;

•Ikonka, veb banner, infografika yaratish;

•Mavjud dizaynni restillash;

•Jamoaviy majlislarda, g‘oyalarni yaratish hamda tatbiq etishda ishtirok etish.

 

Talabalari:

•UI/UX dizayneri sifatidagi ish tajribasi. Portfolioning mavjudligi;

•Interfeyslarni o'zaro ta'sir qilish va dizayn tizimlarini loyihalash bo‘yicha tajriba mavjudligi;

•Grafik dizayn bo‘yichabihs tajribasi (kompozitsiya, tipografika, staylglaydlar);

•Interfaol prototiplarni yaratish qobiliyati;

•Ilovani sahifalash, moslashtirilgan dizayn tamoyillarini tushunish, dizayn interfeysi trendlarini bilish;

•Figma yoki shunga o‘xshash platformalarni bilish, Adobe mahsulotlarini bilish (Illustrator, Photoshop);

•Murakkab interfeyslarni sodda va qulaylashtirish bo‘yicha tajribaga egalik;

•Kichik detallarga bo‘lgan e’tibor, tartiblilik;

•Jamoaviy ishlash qobiliyati;

•Qo‘shimcha ustunlik beradi:

•Animatsiya yaratish bo‘yicha ko‘nikmalar;

•Material Design va iOS gaydlaynlarini bilish.

Ish haqi: suhbat yakuniga ko‘ra.

 

4. Analitik (tahlilchi) (2 kishi)

Ish tajribasi: 2 yildan boshlab.

Majburiyatlari:

•Majburiyatlarni yig‘ish va formallashtiriah;

•Biznes jarayonlarni loyihalash va qayta muhandislash (reinjiniring);

•Texnik hujjatlarni tayyorlash va uni faol ko‘rinishda qo‘llab-quvvatlash;

•Vazifalarni rejalashtirish va muhimlarini belgilash;

•Vazifalarni ishlab chiqish va bajarish nazoratiga qo‘yish;

•Ekspluatatsion (foydalanuvchi) hujjatlarini tayyorlash;

•Dasturiy ta’minotni test qilishda ishtirok etish.

Talablari:

•Ish tajribasi 2 yildan boshlab;

•Rus va o‘zbek tillarini bilish;

•Biznes loyihalarni BPMN dan foydalangan holda loyihalay olish, yoki shu kabi notatsiyalarda.

•Texnik hujjatlarni davlat standartlari yoki boshqa normativ hujjatlarga ko‘ra ishlab chiqish;

•Dasturchilarga vazifa berishda ish tajribasi;

•Vazifalarni nazorat qilish va belgilab berish tizimida ish tajribasi;

•Loyihalarni boshqarish asoslari bo‘yicha bilimlar;

•MS Visio, MS Project ofis paketlari bilan ish tajribasi;

•Yirik loyihalar bilan ish tajribasi ustunligi bo‘ladi.

Ish haqi: 10 000 000 so‘mdan (suhbat yakuniga ko‘ra).

Ish sharoiti:

Haftada 5 kunlik ish, 9 dan 18:00 gacha.

Tegishli Mehnat kodeksiga asosan rasmiy ish sharoiti;

Ijtimoiy paket.

Kasbiy o‘sish imkoniyati.

Ishdan haqiqiy daromad darajasi bo'yicha ish haqini oshirish.

O‘zbekiston IT sohasi rivojiga hissa qo‘shayotgan va mamlakatimiz hayotini o‘zgartirayotgan insonlar safiga qo‘shil. Fursatni qo‘ldan boy berma, rezyumengni yubor. 

Savol va murojaatlar uchun: german.ne@gmail.com, +99890 998-38-35 (Telegram ham shu raqamda).

2020-09-03