​Endilikda test o‘tkazuvchi rasmiy sertifikatini IT Park qoshidagi IT Akademiyasidan olishingiz mumkin!

QA o‘zi nima va qanday qilib test o‘tkazuvchi bo‘lish mumkin?

Quality Assurance (QA) – bu mahsulot va jarayonlarning standartlar, talablar va protseduralarga muvofiqligini ta’minlaydigan sistematik rejalashtirilgan ish-harakatlar to‘plami. QA jarayonlarni o‘rganish hamda rivojlanish sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan barcha shart-sharoitlarni aniqlashni o‘z ichiga oladi.

Dasturiy ta’minot test o‘tkazuvchilari ilova yaratishda katta ahamiyat kasb etadi. QA test o‘tkazuvchisi – bu dasturiy ta’minotga oid narsalar bilan ishlaydigan va mahsulotning muvofiqligini tekshiradigan mutaxassis hisoblanadi. Qolaversa, test o‘tkazuvchi mahsulotning potensial foydalanuvchisi bajarishi mumkin bo‘lgan barcha kerakli harakatlarni amalga oshiradi, muammolar va xatolarni muntazam ravishda tekshiradi. Dasturiy ta’minotni sinovdan o‘tkazish yakuniy mahsulotning sifati va ishlatilishi uchun juda muhim bo‘lganligi sababli, test o‘tkazuvchilar odatda rejalashtirish va loyihalash bosqichida ishtirok etishni boshlaydi va ko‘p hollarda joriy qilingandan keyingi qo‘llab-quvvatlash jarayonida faol ishtirok etadilar.

QA test o‘tkazuvchisi nimalarni bilishi shart?

Texnik ko‘nikmalar — bu dasturiy ta’minot test o‘tkazuvchisi ro‘yxatidagi birinchi va eng muhim punktlardan biridir. Albatta, professional QA muhandislari katta tajriba hamda ilg‘or ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.  Ammo, bu QA Juniors talabgir emas degan ma’noni anglatmaydi. Ular odatda o‘rganishga juda qiziqishadi va aniq test skriptlarini yaratish qobiliyatlari ushbu karyerada o‘z faoliyatlarini boshlashlari uchun yetib ortadi. Turli xil sinov yondashuvlarini tushunish, xatolar haqida aniq hisobotlarni yozish va turli xil sinov vositalari (masalan, sniffers) bilan ishlash sifatni ta’minlash bo‘yicha muhandisning asosiy bilimi yaxshi ekanligini anglatadi.

Texnik bilimlardan tashqari, QA test o‘tkazuvchisiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri – bu boshqa xodimlar bilan yozma va og‘zaki ravishda muloqot qilish uchun kerak bo‘ladigan Soft Skills hisoblanadi. QA test o‘tkazuvchisi dasturchi, dizayner, texnik rahbar yoki mijoz bo‘lmasin, jamoadagi barcha hamkasblariga o‘z fikrini aniq va lo‘nda yetkaza olishi kerak.

QA test o‘tkazuvchisi bilishi kerak bo‘lgan asosiy narsalar:

- sifatni ta’minlash nima;

- sinov deganimiz nima;

- sinovlarning qanday turlari va darajalari mavjud;

- test dizayni nima;

- avtomatlashtirish sinovlari va ularning turlari;

- sinash metrikalari.

Dasturiy ta’minot sinovchisi bo‘lish uchun faqat dasturiy ta’minot testlarini o‘tkazishni bilish yetarli emas. Har bir kompaniyaning maqsadli auditoriyasi turli xil ekan. Shuning uchun bo‘lajak test o’tkazuvchi e’tibor qaratishi kerak bo‘lgan test turini aniqlaydigan talablar farq qiladi.

QA sinovdan o‘tkazishni sinchiklab va to‘laqonli o‘rganish uchun eng yaxshi variant – bu, albatta, ixtisoslashgan IT kurslarda o‘qishdir.

Har qanday IT mutaxassisining muvaffaqiyati o‘z ustida doimiy dinamikada ishlashida ekanligini yodda tutishimiz kerak.

Testdan o‘tkazish sifatining ahamiyati

Testdan o‘tkazish mijozlarni jalb qilish va savdoni oshiradigan kuchli vositadir. Dasturiy ta’minotni testdan o‘tkazadigan, shuningdek, mahsulotning nuqsonlaridan holi bo‘lish uchun bor kuchi va bilimini sarflaydigan sinovchilar jamoasiga ega bo‘lish juda muhimdir.

Dasturiy ta’minotni testdan o‘tkazish ishlab chiqarish jarayonida paydo bo‘lgan xatoliklarning oldini olishga yordam beradi. Bu ilovaning yaxshi ishlashi hamda mijozning mahsulot bilan qoniqishini ta’minlaydi. Taqdim etilayotgan mahsulotning sifati mijozlar ishinchini qozonishga yordam beradi.

Dasturiy ta’minotni sinchikovlik bilan baharish texnik xarajatlarni kamaytiradi. Bu degani jarayon boshida aniqlanmagan tanqidiy nuqson ham moddiy, ham nomoddiy yo‘qotishga olib kelishi mumkin.

Dastlabkida QA qo‘shimcha va keraksiz chiqimdek ko‘rinishi mumkin, lekin masalani chuqurroq tushunib yetish uning biznesni optimallashtirishdagi ahamiyatini tushunishga yordam beradi. Yuqori sifatga erishish – bu test o‘tkazuvchi uchun ham, ishlab chiqaruvchi uchun ham juda og‘ir kechadigan jarayon, ammo uzoq muddatli rejada u dasturiy mahsulotning muhim qismi ekanligini anglash mumkin.

QA test o‘tkazuvchisi sertifikatini olish uchun imtihon qay tarzda o‘tadi?

Har bir imtihon vakolatli nazoratchi tomonidan nazorat qilinadi, va u texnik muammolarga duch kelganda eksternni xabardor qiladi.  Ekstern biron-bir elektron moslama yoki o‘quv materialidan foydalanishi mumkin emas. Imtihon jarayoni video yozuvga olinadi. Imtihon natijasini imtihon tugashi bilan chiqadi.
QA test o‘tkazuvchisi O‘zbekistonda sertifikatlashdan qayerda o‘tsa bo‘ladi?

Shubhasiz, xalqaro miqyosda ISTQB IT sohasidagi sinovlar uchun tan olingan etalon hisoblanadi va asosan ishga joylashishga yordam beradi. 2002-yili Belgiyadagi xalqaro notijorat tashkilot ISTQB Certified Tester kompleks sinov dasturini ishlab chiqdi. 16 yil davomida testni o‘tkazish geografiyasi dunyoning 100 dan ortiq davlatlarida tarqaldi hamda millionga yaqin imtihonlar o‘tkazildi va yarim milliondan ortiq sertifikatlar berildi. Hozirgi kunda ISTQB butun dunyo bo‘ylab joylashgan tarkibiy kollegalardan iborat. Endilikda siz Toshkent shahridagi IT Park qoshidagi IT Akademiyasida sertifikatlashdan o‘tishingiz mumkin.

Ushbu imkoniyatni boy bermang!

Barcha savollar bo‘yicha: +998909828211;  Telegram - @It_academy_admin

2021-04-20