EPAM dasturchilar uchun bepul treninglar taqdim etadi!

EPAM Uzbekistan kompaniyasi texnik yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi 3 ta bepul treningni taqdim etadi:

JavaScript asoslari;

DevOps asoslari;

Avtomatlashtirilgan test sinovi.

Treninglar nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoning istalgan nuqtasidan kelishi mumkin bo‘lgan har xil loyiha va buyurtmalar ustida ishlay oladigan katta talabga ega va mustaqil ravishda ish yuritadigan IT mutaxassis bo‘lishingizda yordam beradi.

1.JavaScript asoslari.

Trening JavaScript dasturlash tilini foydalangan holda veb-ilovalarni yaratishning zamonaviy yondashuvlari, texnologiyalari va vositalari haqida ma‘lumot berish uchun bag‘ishlangan.

2. DevOps asoslari.

Trening mikroservis arxitekturasi, ilova va tizimlarni avtomatlashtirish, dinamik Cloud yechimlarni boshqarishga qiziqadiganlar uchun mo‘ljallangan.

3.Avtomatlashtirilgan test sinovi.

DevOps dasturi doirasida dasturiy ta’minot sinovlarini tezlashtirish, ishlashni, test sinovidan o‘tkazish hamda revers-muhandislikni optimallashtirish bo‘yicha yechimlarni ishlab chiqish asoslari.

Barcha kurslar 2021-yil 15-fevral kuni boshlanadi.

Barcha treninglar onlayn tarzda rus tilida olib boriladi.

Kurslarga ro‘yxatdan o‘tish:

JavaScript asoslari: https://training.epam.uz/#!/Training/2758?lang=ru

DevOps asoslari:
https://training.epam.uz/#!/Training/2560?lang=ru

Avtomatlashtirilgan test sinovi:
https://training.epam.uz/#!/Training/2621?lang=ru  








 

2021-02-08