EWC tanlovining milliy bosqichi natijalari!

2020-yilning 27-avgust kuni Entrepreneurship World Cup tanlovining milliy bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda ishtirokchilar oʻz loyihalarini namoyish qilishdi.

Eslatib oʻtamiz, yaqinda IT Park The Global Educational & Leadership Foundation (tGELF, Hindiston) va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda Entrepreneurship World Cup 2020 (EWC) tanlovining Oʻzbekiston bosqichi uchun qabul boshlanganini eʼlon qilgan edi.

Mazkur milliy bosqichdan oʻtgan loyihalar:

— GameFall (OAV va oʻyin-kulgi);
— Coozin ( EdTech / taʼlim va isteʼdod, Foodtech va Agtech);
— RQ (Fintex);
— Telework asia (katta hajmdagi maʼlumotlar / SA);
— Iman (FinTex);
— Proteus (energiya va barqarorlik);
— Delivera (Mobillik / Transport);
— Sogdia — sof texnologiya, Fudtex va Agtex;
— Amaranta (qishloq xoʻjaligi) misolida oʻsimlik materiallari xomashyosini qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalari;
— ModMe — Big Data / AI, EdTech / Education and Talents.

Milliy bosqich natijalariga koʻra quyidagi loyihalar gʻolib deb topildi:

— Mark Zubov — Iman;
— Neʼmatov Bobur — Proteus.

Milliy bosqich gʻoliblari hamkor xizmatlarga onlayn obuna boʻlish va xalqaro tanlovga kirish imkoniyati koʻrinishida 100 ming AQSh dollarini qoʻlga kiritadilar, natijada ular oʻz loyihalarini 2020-yilning oktyabr oyida global finalda taqdim etish va hamkorlardan bonuslar hamda maxsus takliflar koʻrinishida 1 million AQSh dollaridan ortiq pul ekvivalentida, shuningdek, bonus va hamkorlardan maxsus takliflar koʻrinishidagi 70 million AQSh dollari miqdoridagi sovrin fondini olish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Barcha ishtirokchilarni gʻalaba bilan muborakbod etamiz va loyihalarini rivojlantirishlari yoʻlida omad tilab qolamiz.

2020-08-28