“FACEIT” platformasida “IT Park Community HUB” ligasiga ishtirokchilarning ikkinchi qabuli!

Joriy yilning iyun oyida biz kibersportga qiziqadiganlar va CS:GO’da o‘ynashni yaxshi ko‘radiganlar uchun “FACEIT” platformasida “IT Park Community HUB” ligasini ishga tushirdik. Bugungi kunda, liga ishtirokchilarning ikkinchi qabuli haqida e’lon qilishga tayyor.

Ligasi barcha ihlosmandlar uchun ochiq, ya’ni unda hamma ishtirok etishi mumkin. 

Lekin bu hali hammasi emas. “IT Park Community HUB” ligasi g‘oliblari quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin - xanjar (shahar maskirovkasi);
2-o‘rin - ak47 (neon poygachi);
3-o‘rin - usp-s (daxshatli aralashma) 

G‘oliblar qanday aniqlanadi?

G‘oliblar o‘yin davomida yig‘gan ballariga qarab aniqlanadi.

Ligaga a‘zo bo‘lish va sovrinlar uchun kurashni boshlash uchun qilishingiz kerak bo‘lgan narsalar:

- faceit.com platformasida ro‘yxatdan o‘tish;
- bizning ligamizga obuna bo‘lish: 
https://cutt.ly/vn4uKLw

- platformadan xabarnoma kutish va o‘yinni boshlash. 

Muhim:

- o‘yinlar 2021-yil 25-sentyabr kuni boshlanadi va 2021-yil 25-oktyabr kuni yakunlanadi. 

Kerakli havolalar:

IT Park kibersport hamjamiyatining Telegramdagi guruhi: https://t.me/itpark_cybersport

Discord IT Park: https://discord.gg/xb9JgJUq

2021-09-24