Farg'ona vodiysi dasturchilari uchun ajoyib imkoniyat!

IT Park, UNODC, Yosh Tadbirkor hamda Yoshlar Ishlari Agentligi #Hackathon4UnlimitedEducation xakatonini tashkil qilmoqdalar.

Xakaton davomida yurtimizning eng zo'r IT mentorlaridan ta'lim olishingiz, o'z jamoangiz bilan final bosqichida IT yechim yaratib, noutbuklar, bepul ofis, professional dasturchi shartnomasi va yana bir qator yutuqlar egasi bo'lishingiz mumkin!

Xakaton yo'nalishlari:

- Zo'ravonlikka qarshi kurashish;

- Korrupsiyaga qarshi kurashish;

- Yoshlarni ish bilan ta'minlash.

Xakatonda qatnashish uchun jamoa yig'ing (maksimum – 4 kishi), hamda quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScT1KazTqg-fu2LUcpdHgEk5a-FJLA7Q5RilJ04cxz-1KI3Zg/viewform?usp=sf_link

Sana: 16-21 noyabr

Tadbir o'tkazish joyi: Farg'ona, Namangan, Andijon

 

2020-10-15