Farg‘onadagi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi oʻquvchilariga IT-taʼlim sertifikatlari topshirildi

3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni doirasida AKT Vazirligi hududiy boshqarmasi, IT Park Farg‘ona filiali, Raqamli texnologiyalar Markazi xodimlari, shuningdek, “ITeach academy”, “Codial”, “Ali dizayn” rezident kompaniyalari ishtirokida Fargʻonadagi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar taʼlim muassasasiga tashrif buyurishdi.

Rezident-kompaniyalar vakillari ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasi o‘quvchilariga yangi taʼlim imkoniyatlarini taqdim etdilar: Onlinedars.uz va mohirdev.uz platformalaridagi har qanday IT-kurslar uchun 300 million so‘mlik sertifikatlar. YouCloud kompaniyasi esa maktab auditoriyasida foydalanish uchun smart-TV sovg‘a qildi.

Bundan tashqari, taʼlim muassasalarida TATU Farg‘ona filiali bilan hamkorlikda oʻquvchilar uchun master-klasslar va davra suhbatlari muntazam ravishda o‘tkazib boriladi. Kurslar talabalarga va bitiruvchilarga IT Park rezident ofislarida va mintaqadagi boshqa sanoat korxonalarida masofaviy ravishda ishlashga yordam beradi.

Oʻquvchilarga IT Markazlarida mavjud boʻlgan taʼlim imkoniyatlari haqida ham soʻzlab berildi.

2022-12-04