Female startup: og’ir hastalikni aniqlashga ko’maklashuvchi dastur

“Female startup” rukni doirasida obunachilarimizni ayol startapchilar loyihalari bilan tanishtirishda davom etamiz. IT Parkning bu galgi mehmoni “DermaMarker” loyihasi asoschisi qozogistonlik Tomiris Ydyrysbaeva.

Tomiris 17 yoshda. Ostonadagi Nazarboyev nomidagi intellektual maktabning 11-sinfida o‘qiydi. Yosh bo‘lishiga qaramay, Tomiris dugonasi Aray bilan birgalikda jamiyat uchun foydali bo'lgan DermaMarker startapiga asos soldi.

Qizlarni bunday loyihani yaratishga ularning dermatologiya va tibbiyotga qiziqishi ilhomlantirgan.

“Teri saratoni Qozog‘istonda eng keng tarqalgan kasalliklardan biridir. Aksariyat bemorlar, afsuski, kasallik avj olgan holatlarda tibbiy yordam uchun kelishadi. Shu sababli teri saratonining oldini olish sog‘lom millat garovidir”.

Achinarli statistika qizlarni sun'iy intellekt yordamida xavfli teri kasalliklarini o'z vaqtida aniqlash platformasini yaratishga ilhomlantirdi.

Organizmdagi pigment bilan qoplangan teri qismlarini skanerlaydigan, sun’iy intellekt yordamida ularni tahlil qiladigan va 9 ta dermatologik kasalliklarni aniqlaydigan DermaMarker platformasi shu tariqa dunyoga keldi.

Loyiha jamiyatga qanday yordam beradi?

DermaMarkerning vazifasi, deydi Tomiris, pigment dog'larini o'z vaqtida aniqlash va tashxis qo'yish, shu bilan teri saratonidan o'limning oldini olishdir.

“Har qanday davlatning muvaffaqiyati insonlarga bog'liq. Startapimiz xavfli teri kasalliklarining oldini olish va jamiyat salomatligini yaxshilashga yordam beradi. Ishonchimiz komilki, bu respublika kelajagi uchun ulkan hissadir”.

Hozirda loyiha jamoasi 6 kishidan iborat:

• Sherxan Bakdaulet - veb-sayt ishlab chiqish bo'yicha mutaxassis;

• Aru Kudasova — UI-dizayner;

• Amir Jaxsilik – neyron tarmoq muhandisi;

• Janel Mamyrbek — data-research;

• va ta'sischilar: Tomiris Ydyrysbaeva - bosh direktor, hammuassis va Arai Kamalieva - COO, hammuassis.

Startapni rivojlantirishni qanday rejalashtiryapsiz?

Tomirisning so‘zlariga ko‘ra, u va uning jamoasi hali loyiha uchun mablag‘ olmagan, biroq uni targ‘ib qilish uchun yaqin kelajakda amalga oshirishni rejalashtirgan.

“Dastlabki bosqichlarda startapimizni rejalashtirishda qiyinchiliklarga duch keldik. Biz bilimda cheklangan edik va startaplarni boshqarish va rivojlantirishning ko‘p nyuanslarini bilmas edik. Loyihaning eng qiyin qismi MVPni ishlab chiqish bosqichi bo‘ldi, chunki neyron tarmoqga kasalliklarni taniy olishni o‘rgatish kerak edi. Ammo inkubatsiya dasturi tufayli biz ikki oy ichida katta yutuqlarga erishdik. Ayni paytda biz MVP bosqichidamiz va uni sinovdan o‘tkazmoqdamiz.”

Rukn mehmoni ta’kidlaganidek, Qozog‘istonda startap sanoati faol rivojlanmoqda: turli IT markazlari, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari, startap jamiyatlari ochilmoqda.

Tomiris, bundan tashqari, startapning afzalligi - moslashuvchanlik va moslashish qobiliyati ekanligini qayd etdi.

“Startaplar olgan fikr-mulohazalari asosida harakat qiladi. Bu ularga to‘g‘ri yo‘nalishda rivojlanish va ushbu jarayonda g'oyani yaxshilash imkonini beradi. Biz Tumaris.Tech dasturidan juda minnatdormiz, u yerda biz katta yordam oldik, Tumaris.Tech ustozlari va hamkorlari tomonidan berilgan bilimlar bizga g‘oyadan MVP darajasiga o‘tish va CustDevni o‘tkazish imkonini berdi.Tumaris.Tech asosiy mashg‘ulotlardan tashqari moliyaviy savodxonlik bo‘yicha sessiyalar o‘tkazmoqda, unda bizning jamoamiz moliyani foydali taqsimlash va byudjetni samarali rejalashtirishni o‘rganib kelmoqda”.

Tomiris startapchilarga jasur bo‘lishni, o‘z g‘oyalariga va startap yaratayotgan qadriyatlarga ishonishni maslahat berdi.

2022-09-27