21–22-iyun kunlari Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va IT Park koʻmagida Markaziy Osiyo mintaqasidagi muhim tarmoqlararo tadbirlardan biri – “Fintech, banklar va chakana savdo” xalqaro PLAS-forumi oʻtkaziladi.
Forumning maqsadi davlat xizmatlari, fintech, bank ishi, toʻlov sanoatini yanada rivojlantirishning eng dolzarb yoʻnalishlarini muhokama qilishdan iborat.
Tadbirda soha mutaxassislari so‘zga chiqadilar, yetakchi kompaniyalar esa o‘zining noyob mahsulotlarini innovatsion ko‘rgazmada taqdim etadilar. Ishtirokchilar jahon va MDH davlatlaridagi eng ilg‘or kompaniyalarning innovatsion ishlanmalari, shuningdek, moliya institutlari va savdo tarmoqlaridan foydalanish tajribasi bilan bevosita tanishishlari mumkin bo‘ladi.
Forum Maydoni yangi biznes aloqalarini oʻrnatish uchun ideal joy boʻladi. Konferensiya doirasida delegatlar hamda taklif etilgan bozor ekspertlari, yechim va xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar o‘rtasida one-by-one formatida biznes uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
PLAS-Forumning asosiy mavzulari bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.
2023-05-18