“Future Skills Uzbekistan” ga ro‘yxatdan endilikda Metsenat.uz orqali o’tish mumkin!

IT Park’ning tashkilot rezidenti hisoblanuvchi hamda grafik dizayn, Internetdagi brend imidji, mobil ilova va o‘yinlarni ishlab chiqish, shuningdek, boshqa IT xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan “Project Managers” IT kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda IT Park direktori Farhod Ibragimov, IT Park vakillari hamda “Project Managers” jamoasi ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida IT Park vakillari “Project Managers” tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan oʻz fikrlarini berishdi va jamoa bilan suhbat olib borishdi, shuningdek, metsenat.uz platformasi va ta’lim jaroyonlarini tizimlashtiruvchi ERP iMaktab tizimimizi bilan tanishib chiqishdi. Qolaversa, ular ushbu loyihalarni jahon bozorida ommalashtirish bo‘yicha takliflar berishdi.

Uchrashuv yakunida IT Park vakillari maktab o‘quvchilaridan iborat “Project managers” jamoasining yosh vakillari bilan suhbat olib borishdi. Ajablanarlisi, unikal kod yozish bilan bir qatorda, zamonaviy koʻrinishga ega dizaynlarimizni ishlab chiqayotgan oʻquvchilari ham borligi mehmonlarimizda qiziqish uygʻotdi.

Qolaversa, uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar metsenat.uz platformasi orqali yaqinda e’lon qilingan “Future Skills Uzbekistan” ta’lim loyihasida oʻqish uchun roʻyxatdan oʻtish mumkinligi toʻgʻrisida bitimga kelishdi.

Eslatib oʻtamiz, 2021-yil 11-yanvar kuni IT Park O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladi. Mazkur voqea 21-asrda ish beruvchilar tomonidan talab qilinadigan yangi kasblarni rivojlantirish hamda oʻqitishga qaratilgan “Future Skills Uzbekistan” yangi loyihasining boshlanishiga ilk qadam boʻldi.

Loyihaning maqsadi - axborot texnologiyalari bo‘yicha keng qamrovli o‘quv dasturi orqali yuqori malakali IT mutaxassislar sonini ko‘paytirishdir.

Loyihaga ro‘yxatdan o‘tish 2021-yil 18-yanvar kuni quyidagi havola orqali boshlanadi: http://metsenat.uz

Loyiha haqida batafsil malumot: https://it-park.uz/ru/itpark/news/future-skills-uzbekistan-novyy-obrazovatelnyy-proekt-dlya-podgotovki-it-specialistov

2021-01-15