GameDev Goethe oʻyin yaratish inkubatorining birinchi toʻlqini yakunlandi!  

2020-yil 7-noyabrida Demo Day boʻlib oʻtdi, unda GameDev Goethe oʻyin yaratish inkubatorining 12 nafar ishtirokchisi (jamoalari) oʻz loyihalarini mustaqil ravishda sinab, oʻynab koʻrgan holda jamoatchilik oldida taqdim etdi.

Eslatib oʻtamiz, Toshkentdagi Goethe Institute IT Park va VRonica kompaniyasi bilan hamkorlikda 25 000 000 soʻmlik umumiy sovrin jamgʻarmasiga ega GameDev Goethe oʻyin yaratish inkubatorini tashkil etdi. GameDev Goethe inkubatori Oʻzbekistonda oʻyin yaratish sohasini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

GameDev Goethe — dizayn yoki dasturiy mahoratga ega boʻlgan har bir ishtirokchi qimmatbaho tajriba orttirish, mushtarak fikrlarni topish, oʻyin yaratuvchi sifatida oʻzini namoyon qilish va portfolioni yaxshilashga yoʻnaltirilgan mobil oʻyinlarni ishlab chiqarish loyihasi. Loyihada ishtirok etish bepul.

Ortga nazar solib biz barchasi qanday boshlangani va inkubator aʼzolari qanday yoʻlni bosib oʻtganini eslaymiz.

Avvalida oʻyin yaratish inkubatorida ishtirok etish uchun 557 kishi ariza bilan murojaat qildi. Test topshiriqlaridan ishtirokchilarning yarmidan koʻpi oʻta olmadi. Natijada quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha 85 ta ishtirokchi qoldi, chunonchi:

Dasturchilar: 35

2D/3D Dizaynerlar: 32

Oʻyin dizaynerlari (game disegner): 13

Ovoz dizaynerlari: 5

Soʻng, ishtirokchilar oʻz oʻyinlarini yaratish boʻyicha 3 oylik intensiv topshiriqdan oʻtdilar. Loyihani amalga oshirish jarayonida oʻyin ishlab chiquvchilari uchun mahalliy va xorijiy GameDev sanoatining spikerlari va ekspertlari ishtirokida turli seminar, seminar, maʼruza va vebinarlar tashkil etildi. Ular oʻyin ishlab chiqishda oʻz bilimlari va tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar hamda ushbu sohaning toʻliq salohiyati va istiqbollarini namoyish etdilar.

Bundan tashqari, inkubator doirasida 2 ta oʻyinni rivojlantirish kubogi boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilar uchun giperkazual oʻyinning video prototipini yaratish asosiy vazifa etib berildi.


Natijada birinchi kubok gʻoliblari::

- Muhammadyusuf Muhammadrasuljonov;

- Dravskiy Aleksandr;

- Baratov Otabek;

- Temur Martinez-Muqimov;

- Habibullayev Shukurullo;

- Gallautdinov Artur;

- Ruziyev Eldor.

Ikkinchi oʻyin prototiplari kubogi gʻoliblari:

- Abdulloh Saʼdullayev;

- Muhammadyusuf Muhammadrasuljonov;

- Nodira Tillaeva;

- Baratov Otabek;

- Habibullayev Shukurullo.

Shunday qilib, asta-sekinlik bilan boʻlsa-da, nihoyat, GameDev Goethe oʻyin yaratish inkubatori birinchi mavsumining yopilish marosiming “Demo Day”i — 2020-yil 7-noyabrga ham yetib keldik!

Mazkur kunda oʻyin yaratish inkubatorining ishtirokchilari mehmonlarga oʻz loyihalarini taqdim etdilar, oʻyinning oʻziga xos xususiyatlari haqida soʻzlab berishdi va inkubatorda oʻz mahorat va koʻnikmalarini qay tarzda rivojlantirish mumkinligini koʻrsatdilar. Bundan tashqari, har bir kishi inkubator hamkorlari tomonidan ishlab chiqilgan “ORBeat” VR oʻyinining Beta-testini sinovdan oʻtkazgan alohida VR hududi tashkil etildi.

Maxsus taklif etilgan hakamlar hayʼati gʻoliblarni har bir oʻyinni sinovdan oʻtkazgan holda baholab aniqlashdi.

Hakamlar hayʼati aʼzolari: 

Anastasiya Em 
Mamlakatdagi Kommersant.uz. Spot.uz va Forbes.uz kabi IT va biznes boʻyicha eng yirik onlayn nashrlarda muharrir sifatida besh yillik tajribaga ega jurnalist.

- Azizbek Gʻafurov.

VRonica kompaniyasi texnik direktori, oʻyin loyihalarini ishlab chiqishda 5 yildan oshiqroq tajribaga ega.

- Jahongir Rajabov.

Indi oʻyinlarini ishlab chiquvchi “dark souls like” oʻyinini ishga tushirishda koʻngillilar jamoasi bilan ishlagan. Mutaxassisligi-Unity C# (3 yildan koʻproq tajriba). Ayni paytda, IT Park akseleratsiya startaplarini rivojlantirish menejeri.

- Levon Tumasov.

10 yildan ortiq tajribaga ega boʻlgan mobil oʻyin dizayneri va yaratuvchisi. 2016-yilda Toshkentda “Unity Hackathon” gʻolib jamoa tarkibida boʻlgan. “AmayaSoft” kompaniyasining sobiq loyiha menejeri bolalar uchun bir qator muvaffaqiyatli ilovalarni ishlab chiqishda ishtirok etdi. Shuningdek, UNDP Uzbekistan uchun bir nechta loyihalarda ishtirok etgan.

- Mixail Shpirko.

Unity-yevangelist va “AmayaSoft” kompaniyasi murabbiyi. “Synel Software Development”da Senior dasturchi. Xalqaro Vestminster universitetida Game Development fani oʻqituvchisi.

- Aleksandr Egay.

Aleksandr Egay. Moushn-dizayner, frilanser, dizayn va animatsiya sohasida 5 yildan ortiq koʻnikmaga ega. VR-oʻyinlarni ishlab chiqish studiyasi — ByeByeReal hammuassisi. Xalqaro koʻrgazmalar va konferensiyalar ishtirokchisi. U ishtirok etgan eng soʻnggi konferensiyalardan biri – Moskva shahridagi White Nightsʼ19 boʻlib, unda Beat The Beats studiyasining ilk VR oʻyinini namoyish etdi.


Hakamlar hayʼati bahosiga koʻra, GameDev Goethe oʻyin yaratish inkubatorining birinchi mavsumi gʻoliblari:

- Eng yaxshi video prototipi — Timur Martinez Muqimov;

- Eng yaxshi kod — Dmitriy Shulgin;

- Eng yaxshi vizual — Nodira Tillaeva;

- Eng yaxshi gʻoya — Shukurullo Habibullayev;

- Eng yaxshi mexanik — Otabek Baratov.

Mazkur nominatsiyalar boʻyicha barcha gʻoliblar IT Parkdan oʻyinni test sinovidan oʻtkazishga moʻljallangan 1 000 000 soʻm miqdoridagi sertifikatlar bilan taqdirlandi. Eng yaxshi oʻyinlar test sinovidan soʻng 10 000 000 soʻmgacha moliyalashtiriladi.

VRonica — VR kompaniyasidan maxsus sovrini Oculus Go dubulgʻasi “VRga koʻchirilishi mumkin boʻlgan oʻyin” nominatsiyasi boʻyicha Timur Martinez Muqimovning “Colors of Infinity” oʻyiniga berildi.

“Eng yaxshi oʻyin” nominatsiyasi boʻyicha super sovrin va BrandStore onlayn doʻkonida xarid qilish uchun 5 000 000 soʻmlik sertifikat Shukurullo Habibullayevga “Circles” oʻyini uchun berildi.

Siz esa mamlakatimizga oʻzingizni qay darajada oʻyinni yaratuvchisi ekanligingizni namoyish qilgan holda GameDev sohasidagi salohiyatli gʻoliblardan biri boʻlishingiz mumkin. GameDev Goethe inkubatorining ikkinchi mavsumida ishtirok eting va oʻyin ishlab chiquvchilarining ajoyib va istiqbolli jamoasining bir qismiga aylaning!

Havola orqali oʻting va ikkinchi mavsum uchun roʻyxatdan oʻting: https://forms.yandex.ru/u/5e99a97a52be1345091fbfe2/

 

 

2020-11-12