GameDev Goethe o‘yin yaratish inkubatorining ikkinchi to‘lqini ishga tushirildi!

GameDev Goethe o‘yin yaratish inkubatori - bu dizayn, dasturlash, ovozli dizayn va shu kabi ko‘plab ko‘nikmalarni o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan barcha ixlosmandlar uchun mo‘ljallangan loyiha hisoblanadi. Ushbu inkubator barcha xohlovchilar mobil o‘yinni rivojlantirishi, bilim olishi, tajriba orttirishi, netvorkingini kengaytirishi va portfolio yig‘ishi mumkin bo‘lgan joy. Shuningdek, loyihada ishtirok etish mutlaqo bepul.

O‘zbekistondagi o‘yin yaratish bo‘yicha birinchi inkubatorning maqsadi -  o‘yin o‘ynashga qiziqadigan yoshlarga mushtarak fikrlarni topishda va o‘z o‘yinlarini yaratishda yordam berishdan iborat. Loyiha davomida o‘yinni yaratish sohasida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan tajribali mutaxassislar tomonidan ko‘mak ko‘rsatiladi. 

Loyiha IT Park va VRonica ko‘magida Toshkentdagi Goethe Institute tomonidan tashkil etildi.

Inkubatorning yangi to‘lqinida ishtirokchilarni yangi spikerlar, yangi “chellenglar”, ajoyib netvorking va, albatta, qimmatbaho tajriba kutmoqda.

O‘qish jarayoni 3 oydan ortiq davom etadi. Dastur davomida ishtirokchilar jamoa tuzishlari, o‘yin yaratishning eng muhim jihatlari: dasturlash, dizayn, animatsiya, loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha eng tajribali mutaxassislardan bebaho bilim olishlari mumkin.

Qolaversa, dastur davomida ishtirokchilar o‘rtasida Video Prototip Kubogi hamda O‘yin Prototipi Kubogi kabi tanlovlar bo‘lib o‘tadi.

Va albatta, dastur yakunlangandan so‘ng, ishtirokchilar o‘z o‘yinlarini Demo Day’da namoyish etishadi va qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘lishadi.

Ayni damda biz GameDev Goethe 2021 o‘yin yaratish inkubatorining ikkinchi to‘lqiniga saralash ishlarini olib bormoqdamiz. Ikkinchi to‘lqinda ishtirok etish uchun allaqachon 200 dan ortiq arizalar kelib tushgan! Shoshiling, chunki joylar soni kam qoldi!

Ro‘yxatdan o‘tish:
https://forms.yandex.ru/u/5e99a97a52be1345091fbfe2/

Ro‘yxatdan o‘tish muddati 2021-yil 14-martga qadar.

Havola orqali inkubatorning birinchi to‘lqini qanday o‘tganligi haqida bilib olishingiz mumkin:

https://it-park.uz/uz/itpark/news/gamedev-goethe-o-yin-yaratish-inkubatorining-birinchi-to-lqini-yakunlandi
 

2021-02-08