GameDev Goethe: video prototiplarning birinchi bosqichi o‘z yakuniga yetdi!

O‘yin yaratish bo‘yicha GameDev Goethe inkubatori doirasida bo‘lib o‘tgan video prototiplarning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlanganligini e’lon qilishdan mamnunmiz.

Birinchi bosqich doirasida inkubator ishtirokchilari video prototip yaratish ustida ish olib borishdi. Bunda ularga GameDev sohasidagi mentor va ekspertlar yordam berishdi.

Birinchi bosqichda jami 50 ta loyiha ishtirok etdi. Natijada, hakamlar hay’ati 10 ta eng yaxshi prototipni tanlab olishdi.

Hakamlar hay’ati azolari:

  • Gyote institutining O‘zbekistondagi axborot va kutubxona bo‘limi boshlig‘i Gavhar Zokirova;
  •  IT Park direktorining innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Jahongir Rajabov;
  • 10 yildan ortiq tajribaga ega dizayner va mobil o‘yinlarni ishlab chiqaruvchi Levon Tumasov;
  • Unity-evangelist va “AmayaSoft” kompaniyasi treneri Mixail Shpirko;
  •  Moushn dizayner, frilanser, “ByeByeReal” VR o‘yinlarini ishlab chiqish studiyasi asoschilaridan biri Aleksandr Egay.

Natijada, o‘yin yaratish inkubatori birinchi bosqichi g‘oliblari 1 000 000 so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Keyinchalik, birinchi bosqichdan o‘tgan ishtirokchilar o‘z o‘yinlarini takomillashtirish bilan shug‘ullanadilar va ularni beta-versiyalar holatiga keltirish uchun harakat qilishadi. O‘yinlarini yakuniy holatga keltirganlaridan keyin esa, yopiq test sinovlari olib boriladi. Unda hakamlar hay’ati a‘zolari va ishtirokchilar ishlab chiqilgan o‘yinlarni o‘zlari o‘ynab ko‘rishlari va ularga baho berishlari mumkin bo‘ladi.

Eng oxirida Demo Day tashkil etiladi. Demo Day’da nafaqat hakamlar hay’ati va ishtirokchilar, balki istagan har bir kishiga o‘yinlarni shaxsan sinab ko‘rish va GameDev Goethe inkubatorining ajoyib  muhitidan bahramand bo‘lish imkoniyati taqdim etiladi.

2021-05-18