GameDev Gyote inkubatori: oʻyin ishlab chiqishni rivojlantirish inkubatori birinchi kubogi natijalari!

Bir necha oy davom etgan arizalar toʻplash va test topshiriqlarini bajarish jarayonlaridan soʻng, Oʻzbekistonda Gyote instituti qoshidagi birinchi oʻyin inkubatorining rezidentlari 85 kishiga yetganini mamnuniyat bilan maʼlum qilamiz!

Birinchi kubokda oʻyin ishlab chiqishni rivojlantirish inkubatori ishtirokchilari giperkazual oʻyinning video prototipini yaratishlari lozim edi.

Kubok 1,5 oy davom etdi va shu davr mobaynida quyidagi mahorat saboqlari va maʼruzalari o'tkazildi:

- “Qanday qilib “Adobe After Effects”da oʻyin video prototipini yaratish”;
-“Qanday qilib “Blender”da 3D oʻyinlar video prototipini yaratish”;
-“MagicaVoxel + Mixamo+ Blender: 3D oʻyinlar video prototipini yaratish uchun bir nechta dasturlardan foydalanish”;
-“Agar boʻsh vaqtingiz boʻlmasa, oʻyin ishlab chiqishga qanday qilib rivojlantirish mumkin?”.

Kubok gʻoliblari:

- Muhammadyusuf Muhammadrasuljonov

- Dravskiy Aleksandr

- Baratov Otabek

- Timur Martinez-Muqimov

- Habibullayev Shukurullo

- Gallyautdinov Artur

- Roʻziyev Eldor

Bundan tashqari, kubok gʻoliblari videolarni yozib, unda oʻz sovgʻalarini koʻrsatdilar va loyiha uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirdilar!

Videoni bizning ijtimoiy tarmoqlarimizda tomosha qilish mumkin: TG (https://t.me/itpark_uz)

Game Dev Goethe inkubatori kanaliga havola: https://t.me/GameDevGoethe

2020-08-10