2020 yil 30 may kuni tanlov testlaridan o'tgan inkubator ishtirokchilarining birinchi onlayn uchrashuvi bo'lib o'tadi.
GameDev Geothe - bu Goethe institute tomonidan IT-park va O'zbekistondagi o'yinlarni ishlab chiqarish bo'yicha yetakchi studiyalar ko'magida yaratilgan inkubator.
GameDev-ning bir qismi bo'lib, siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo'lasiz:
1. Bizning ko'magimizda qisqa vaqt ichida o'yiningizni yaratish;
2. O'zbekistonning yetakchi GameDev mutaxassislaridan doimiy maslahatlarni olish;
3. O'zbekistondagi birinchi O'yin konferentsiyasida o'z o'yiningizni minglab o'yinchilarga namoyish qilish va qimmatbaho sovg'alarga ega bo'lish;
4. Buyurtma olish yoki o'yinni rivojlantirish sohasida ish topish uchun o'zingizni o'yin dasturchilarining ro'yxatiga qo'shish;
5. O'yiningizni Google Play, Apple AppStore-ga joylash va uni rivojlantirishda byudjet yordamini olish.
Eslatib o'tamiz, jami so'rovnoma yuboruvchilar 557 tashkil etdi, shundan faqat 85 nafari testlardan o'tishga muvaffaq bo'ldi. Bu ularga loyihada ishtirok etish huquqini berdi.
Birinchi onlayn uchrashuvimizda ishtirokchilar mutaxassislar bilan tanishishlari mumkin va Goethe institute va VRonica vakillari o'z navbatida GameDev Goethe loyihasi haqida gapirib berishadi. Inkubatorning har bir ishtirokchisiga o'zlari haqida gapirib berish uchun imkoniyat ham beriladi.
Ushbu onlayn uchrashuvning maxsus mehmoni MY.Games giper-kazual o'yinlar xalqaro nashriyoti rahbari - Andrey Dubin.
My.Games ko'plab kompyuter va konsol o'yinlarini, shuningdek mobil qurilmalar uchun o'yinlarni chiqargan. Ulardan:
WarFace
WarRobots
ArcheAge
Skyforce
Perfect World va boshqalar
Uchrashuv sanasi: 2020 yil 30 may
Vaqt: Toshkent vaqti bilan 19:30
Jonli translyatsiya IT Park rasmiy youtube kanalida bo'ladi.
Jonli efirga havola: https://clck.ru/N7sXL
2020-05-29