Endilikda IT Park obunachilari “GeekBrains”dan IT-mutaxassislar tayyorlash dasturi uchun 50% chegirmani qo‘lga kiritishlari mumkin.
Ushbu intensiv dastur IT-mutaxassis kasbini egallash, sohani chuqur o‘rganish hamda ko‘proq daromad olishni xohlovchilar uchun mo‘ljallangan.
6 oylik dastur 2 blokdan iborat:
• Asosiy bilimlar (2 oy): umumiy nazariya va ko‘nikmalar, asosiy texnologiyalar va ularning vazifasi bilan tanishish, mutaxassislik tanlash;
• Mutaxassislik (4 oy): mutaxassislik uchun zarur vositalarni o‘rganish, amalga oshirilgan loyihalar asosida ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Dastur beshta mutaxassislikni o‘z ichiga oladi: dasturchi, testlovchi muhandis, tahlilchi, mahsulot (product) va loyiha (project) menejeri. Nazariy tayyorgarlikning umumiy blokidan o‘tgandan so‘ng har kim o‘ziga mos kasbni tanlashi va shu yo‘nalishda o‘qishni davom ettirishi mumkin.
Kurslar kasbni egallash va mazkur sohada ish topmoqchi boʻlganlar, shuningdek, ish joyini oʻzgartirib, IT sohasida yuqori haq toʻlanadigan zamonaviy mutaxassislikka ega boʻlishni xohlovchilar uchun moʻljallangan.
Mashg‘ulotlar haftada 2-3 marta real vaqt rejimida rus tilida olib boriladi, kursning yozib olingan varianti ham mavjud bo‘ladi.
Dastur quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
• amaliy tajriba;
• dastur materiallari va so‘nggi yangilanishlardan cheksiz foydalanish;
• dasturlash asoslarini noldan boshlab o‘rganish;
• amalga oshirilgan loyihalar portfoliosi;
• belgilangan namunadagi kasbiy qayta tayyorlash sertifikati;
• sovg‘a sifatida yil davomida ingliz tilini o‘rganish;
• “boshlang‘ich qadamdan bandlikkacha” bosqichma-bosqich dasturi.
Talabalarga o‘qish davomida kurator tayinlanadi. Barcha topshiriqlar va amaliy ishlar soha mutaxassislari tomonidan shaxsan tekshirilib, talabalarga fikr-mulohazalar bildiriladi.
Arizalar quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi:
Chegirma uchun promo-kod: IT PARK 2022.
2022-08-25