Go Global World doirasida vebinar: Kremniy vodiysi tarixi tadbirkor nigohida 

Bugun IT Park, O'zbekiston venchur investitsiyalar asotsiatsiyasi, Wealth Investment investitsiya kompaniyasi, Rusbase, IBConsulter, Skolkovo va Moskva Management School of SKOLKOVO ko'magida “Kremniy vodiysi tarixi” mavzusida bepul interaktiv vebinar bo'lib o'tadi.

Kremniy vodiysi - ko'plab startaplar, tadbirkorlar, nafaqat IT, balki har qanday sohadagi mutaxassislar bo'lishga intiladigan joy.

Ushbu ma'ruza Kremniy vodiysining kelib chiqish tarixini va u nima uchun dunyodagi eng samarali kapital qurilish mexanizmiga aylanganini tushunishingizga yordam beradi.

Ta'kidlash joizki, ushbu vebinar interaktiv formatda o'tkazilib, siz unda o’zingizni qiziqtirgan barcha savollarni berishingiz va Kremniy vodiysidagi tadbirkor, spikerdan javob olishingiz mumkin.

Spiker Stenford universiteti ma'ruzachisi, Silikon vodiysida 20 yillik tajribaga ega tadbirkor - Evgeniy Duchovny.

Vebinarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishingiz lozim: https://clck.ru/PYvKm

Go Global World: https://linktr.ee/GoGlobalWorld  

 

2020-07-09