IT Parkʼning tugʻilgan kuniga bagʻishlangan “IT Park REwind” onlayn marafonida biz Googleʼda katta dasturiy taʼminot muhandisi boʻlishga erishgan Oʻzbekiston poytaxtidan boʻlgan yosh yigitni tinglashga muvaffaq boʻldik.
Nodir Toʻraqulov aytganidek, dasturiy taʼminot muhandisi kasbi – bu aqlli sarmoyalardir. Hatto pandemiya davrida ham, dasturiy taʼminot muhandislari oʻz ishlarini yoʻqotmaydi, chunki ular masofadan turib ishlashlari mumkin.
Masofaviy ish haqida gapirar ekan, Nodir Toʻraqulov, Oʻzbekiston muhandislari boshqa kompaniyalar uchun masofadan turib ishlashlari mumkinlini aytib oʻtdi. Bu nafaqat munosib ish haqi tufayli, balki, qolaversa, masalan, Amerika kompaniyasida ishlash orqali, inson mamlakat iqtisodiyotini yaxshilashga hissa qoʻshishi mumkinligi tufayli yaxshidir.
Nodir Toʻraqulovning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda dasturchi muhandis boʻlish uchun super odam yoki daho boʻlish shart emas. Bugungi kunda har qanday kishi buni uddalashi mumkin. Nodir Toʻraqulov 25 yil restoran biznesida ishlagan, keyin esa oʻz kasbini oʻzgartirgan va dasturlarni oʻrganishni boshlagan doʻstini misol qilib keltirdi. Endi u Googleʼda.
Nodir Toʻraqulov oʻz soʻzlari bilan aytishni xohlagan narsa – bu har qanday maqsadga erishish uchun astoydil va mashaqqatli mehnat qilish.
Toʻrakulov bizga oʻzimizga, yaʼni taʼlimga sarmoya kiritish qanchalar muhimligi haqida gapirib berdi. Marafon mehmonlari va ishtirokchilariga, oʻz-oʻziga qilingan investitsiya – inson hayotidagi eng muhim investitsiya ekanligini aniq tushuntirib berdi.
Bugungi kunda internetda mustaqil taʼlim uchun ishlatish mumkin boʻlgan umumiy foydalanishdagi koʻplab oʻquv materiallari mavjud. Talabalar dasturlash boʻyicha turli tanlov va musobaqalarda ishtirok etishlari va hayot inʼom etgan boshqa imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin.
Marafon moderatorining Googleʼda ishlash uchun oliy maʼlumot haqidagi diplom kerakmi yoki yoʻqmi, degan savoliga Nodir Toʻraqulov yoʻq, deya javob berdi. Google singari yirik IT kompaniyaga kirish uchun diplom kerak emas, yagona kerak boʻlgan narsa – bu yaxshi bilimdir.
Onlayn marafonga havola: https://www.youtube.com/watch?v=I2qtxfc25e4&t=8714s
2020-07-24