Vaqt tez oʻtmoqda va har hafta mamlakatimizning turli viloyatlarida yangi IT Markazlar ochilmoqda.
Bu hafta IT Markazlar qayerlarda ochildi?
Qashqadaryo viloyati:
2020-yilning 21-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida IT Markaz ochildi.
Ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Yakkabogʻ tumani hokimligi, tuman faollari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.
Yakkabogʻ tumanida ochilgan IT Markazda boshqa IT Markazlar singari yoshlar uchun kompyuter savodxonligini oshirish, dasturlash, veb-dizayn, kompyuter grafikasi va shu kabi koʻplab oʻquv kurslari tashkil etiladi.
Aloqa uchun: +99891 221 11 33
Sirdaryo viloyati:
2020-yilning 23-dekabr kuni Sirdaryo viloyatining Boyout tumanida IT Markaz ochildi.
Ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarma rahbarlari va xodimlari, viloyat IT Markazi va viloyat hokimligi vakillari, tuman faollari, shuningdek, umumta’lim maktablarining oʻqituvchilari va oʻquvchilari ishtirok etishdi.
IT Markazning keng va yorugʻ auditoriyalari zamonaviy kompyuter va yuqori tezlikdagi Internet bilan ta’minlangan. Mazkur markazda Boyout tumani yoshlari uchun raqamli texnologiyalar, dasturlash asoslari, robototexnika hamda boshqa axborot texnologiyalari boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etiladi.
Aloqa uchun: +99899 796 77 21
Fargʻona viloyati:
2020-yilning 23-dekabr kuni Fargʻona viloyati Bogʻdod tumanida mazkur IT Markazning ochilishi boʻlib oʻtdi.
Ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Gʻ.Saidgʻanieva, Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi, Bogʻdod viloyati hokimligi rahbarlari va xodimlari, AKT sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilot vakillari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.
Mazkur IT Markazda dasturlash, robototexnika va axborot texnologiyalari sohasidagi boshqa mutaxassisliklar boʻyicha ikki mingga yaqin yoshlar uchun oʻquv kurslarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Aloqa uchun:+99890 6323550
Shuningdek, Termiz shahri va Surxondaryo viloyati:
Surxondaryo viloyati Termiz shahar va Boysun tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochildi va ushbu hududda tashkil etilgan yettinchi va sakkizinchi o‘quv markazlari hisoblanadi.
O‘quv markazini tashkil etish uchun “O`zbektelekom” AK Surxondaryo filiali va Boysun telekommunikatsiya bog`lamalarining bo‘sh turgan binolari tanlab olinib, to‘liq ta’mirdan chiqarildi.
Raqamli texnologiyalar o‘quv markazini ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi viloyat hududiy tashkilotlari rahbarlari, tuman hokimligining rahbar va xodimlari, mehnat faxriylari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.
Shunisi ta’kidlash joizki, har bir IT Markazda yoshlarni kibersportga jalb qilish, ularga kibersport qoidalarini oʻrgatish, jamoalar tuzish va oʻyinlar oʻtkazish, shuningdek, turli oʻyin intizomlari bo'yicha musobaqalar tashkil qilish koʻzda tutilgan.
Bundan tashqari, mazkur markazda tumandagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha malakalarini oshirish rejalashtirilgan.
Aloqa uchun: +99899 508 55 18
2020-12-26