Hurmatli rezidentlar,

“O‘ztransgaz” AJ tomonidan tabiiy gaz oqimini monitoring qilish va boshqarish tizimi (SCADA) va yuqori bosimli gaz taqsimlash punktlarida avtomatlashtirilgan nazorat tizimlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun IT kompaniyalarni izlash bo‘yicha murojaat kelib tushdi.

Shuning barobarida, “O‘ztransgaz” AJ IT Park rezidentlarini IT xizmatlarini autsorsing qilish bo‘yicha hamkorlikka chaqiradi.

Qiziqish bildirsangiz, shuningdek batafsil ma’lumot olish uchun sizdan “O‘ztransgaz” AJ AKT departamenti bilan  +998 99 010 46 16 raqami orqali bog‘lanishingizni so‘raymiz 

Hurmat bilan,

IT Park direksiyasi.

2020-09-08