ICT Week 2022 virtual makonda ham oʻtmoqda

2022-yilda O‘zbekiston ICTWEEK axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi virtual makonda ham parallel ravishda oʻtmoqda!

Bularning barchasi “Grace Projects” MChJ tomonidan yaratilgan ikkita Metakoinot tufayli mumkin boʻldi – zamonaviy texnologiyalar yordamida siz raqamli dunyoga shoʻngʻishingiz mumkin!

Metakoinot – bu O‘zbekistondagi raqamli platformalarning keyingi avlodi. U doimiy ravishda ishlaydi, hech qachon oʻchmaydi.

Shunday qilib, birinchi Metakoinot AKT Haftaligi doirasida boʻlib oʻtadigan yirik tadbirlarga bagʻishlangan. Unda siz Haftalikda qaysi kompaniyalar ishtirok etayotgani, ICT Week 2022 da qanday qiziqarli voqealar sodir boʻlayotganini bilib olishingiz va jonli efirlarni tomosha qilishingiz mumkin. Foydalanuvchilar oʻzlari kontent bilan tanishishlari hamda muzokaralar va tijoratni (savdo-sotiqni) qidirishni oʻz ichiga olgan noyob tajribaga ega boʻlishlari mumkin.

Ikkinchi Metakoinot startaplarning onlayn koʻrgazmasiga bagʻishlangan. Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya startaplari ham mamlakatdagi eng yirik IT-tadbirda virtual ravishda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Bunday startaplar orasida Tumaris.Tech va AloqaTechLab dasturlarida ishtirok etgan loyihalar boʻladi, masalan:

  • Suurta bozor (onlayn suurta ilovasi);
  • Beutify (Oʻzbekistonda goʻzallik sanoatining barcha ishtirokchilarini birlashtirish uchun onlayn platforma);
  • Mydars (oʻquvchiga repetitorni va repetitorga oʻquvchini topish imkoniyatini beruvchi ijtimoiy loyiha.);
  • Coozin (pazandachilik, isteʼmolchi va logistikani birlashtirgan yagona ekotizim);
  • Kale (kompaniyalarga xodimlarning ruhiy salomatligini baholash va bashorat qilishda yordam beradigan loyiha);
  • GrowyMe (odamlarga ular uchun muhim boʻlgan maqsadlarga yanada samarali erishishga yordam beradigan platforma);
  • Adu24 (universal e-commerce platformasi, Qozogʻiston);
  • Tass vision (sunʼiy intellekt va bulutli texnologiyalarga asoslangan kompyuter nigohiga ixtisoslashgan kompaniya);
  • Yoto (Toshkent shahrida elektrosamokatlar loyihasi asosida yuqori texnologiyali va ekologik servis);
  • We in Crypto (raqamli moliyaviy savodxonlik boʻyicha onlayn maktabga ega platforma, Qirgʻiziston);
  • Mening Buxgalterim (biznes uchun buxgalteriya hisobini avtomatlashtirishning dolzarb mahsuloti);
  • Ayol Uchun (madaniy, maʼrifiy, ommaviy platforma);
  • EyeSea (koʻzi ojizlar uchun aqlli bilaguzuk);
  • GradUz (taʼlim sifatini oshirish hamda kollej va OTM bitiruvchilari oʻrtasida ishsizlik darajasini kamaytirish loyihasi);
  • Chance (startaplarga turli tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlar haqida maʼlumot beruvchi mobil ilova);
  • Tutor On (kattalar uchun onlayn xorijiy tillar maktabi).

ICTWEEK metakoinoti ishtirokchilari spikerlar nutqlarini, forumlarni, sammitlarni, sessiyalarni jonli efirda tomosha qilishlari va hatto ishtirokchilar, ekspertlar va spikerlar bilan interaktiv formatda muloqot qilishlari mumkin bo‘ladi!

Buning uchun siz Spatial ilovasini yuklab oling, roʻyxatdan oʻting va havolalar orqali ulaning:

https://spatial.io/s/META-ICT-WEEK-2022-63469eb278e70000017ae877?share=46557753399602387

https://spatial.io/s/IT-PARK-STARTUPS-6346de7b78e7000001d8dca7?sare=5406923415661393519

2022-10-25