“ICT Week Uzbekistan 2022”ning ochilish marosimi

Bugun, 24-oktabr kuni Ozbekistonda mamlakatning eng muhim va keng kolamli IT tadbirlaridan biri ICT Week Uzbekistan 2022 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi boshlandi.

Keng koʻlamli tadbir yangi Silk Road Samarqand xalqaro sayyohlik markazida boʻlib oʻtmoqda. Aynan shu yerda yirik xorijiy kompaniyalar uchrashuvlar otkazadilar, ishtirokchilar esa ozlarining yangi texnologik yechimlarini taqdim etadilar.

Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vaziri Sherzod Shermatov, IT Park direktori Farhod Ibragimov, IT Park rezident kompaniyalari vakillari, xorijlik mehmonlar va boshqalar ishtirok etdi.

AKT Vaziri Sherzod Shermatov taʼkidlaganidek, Oʻzbekiston IT-sanoati ulkan oʻzgarishlardan oʻtdi. U IT Parkʼning yuksak roli va istiqbollarini belgiladi, shuningdek, AKT Haftaligi Ozbekiston IT-tarmogini yanada kengaytirish va kelgusi besh yil ichida sanoatni raqamlashtirish hamda yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasi doirasida ustuvor masalalarni muhokama qilish uchun asos boʻlishini qoʻshimcha qildi.

Tadbir davomida IT Park Uzbekistan direktori Farhod Ibragimov Ozbekistonning eksport salohiyati haqida gapirdi.  Jumladan, joriy yilning soʻnggi 9 oyida rezident-kompaniyalar tomonidan korsatilgan IT-xizmatlari hajmi 3600 milliard somni tashkil etgani, bu 2019-yilga nisbatan 7 barobar koʻp, rezidentlar eksporti hajmi esa 13 barobar oshib, 82 million dollardan oshganligi qayd etildi.

ICTWeek Uzbekistan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi va dasturiy ta’minot bozorini rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish, Ozbekistonni mintaqaviy IT xabga aylantirish, respublikada raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish natijasida erishilgan yutuqlar, imkoniyatlar va imtiyozlarni namoyish etish hamda amaliy natijalar va sohadagi rivojlanish tendentsiyalarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.

Eslatib oʻtamiz, “ICTWEEK 2022” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi 2004-yildan buyon har yili o‘tkazib kelinmoqda. Oxirgi 18 yil davomida ushbu tadbir anʼanaviy tarzda bir qator ixtisoslashgan tadbirlarni yagona formatda birlashtirib keladi.

AKT haftaligi doirasida quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:

  • ICTWEEK Uzbekistan sammiti Ozbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari sohasida erishilgan natijalar va islohotlarni muhokamasiga qaratilgan tadbir;
  • Digital Eurasia forumi axborot texnologiyalari sohasidagi muammolarni hal etish masalalari va ushbu sohadagi muhim islohotlarni muhokama qilishga qaratilgan xalqaro tadbir; 
  • ICTEXPO korgazmasi AKT sohasida milliy va xalqaro ishlanmalar va yutuqlarni namoyish etishga qaratilgan xalqaro korgazma;
  • BPO sammiti masofadan xizmatlarni koʻrsatish outsorsing yoʻnalishida yuqori tajribaga ega yirik xalqaro IT kompaniyalari oʻzaro tajriba almashadi.
  • IT-talim sammiti IT talim yoʻnalishidagi jahon tajribalarini hayotga tadbiq etish masalalari muhokama qilinadi.
  • CIO SUMMIT AKT sohasidagi davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻzaro hamkorlik uchrashuvi.

Jami 4000 kv.m maydonda tashkil etiladigan ICTEXPO korgazmasida jami 100 dan ziyod xorijiy va mahalliy kompaniyalar ishtirok etishi kutilmoqda.

Tadbirda 60 dan ortiq yirik xorijiy kompaniyalari qatnashadi: Meta, Plug and Play, Nokia, ZTE, Huawei, IT Park, Innotech, Yandex, Uzcard, Payme, Uztelecom, Uzinfocom, Unicon, Astana hub, Belarus Respublikasining Yuqori texnologiyalar parki va IT Park rezidentlari hamda mahalliy yirik kompaniyalar.

Asosiy elektron manbalar:

Veb-sayt: https://www.ictweek.uz/uz

Instagram: https://instagram.com/ictweek_uzbekistan_2022?igshid=Y2ZmNzg0YzQ=

Facebook: https://www.facebook.com/ictweekuzb2022

2022-10-24