24–27-oktabr kunlari O‘zbekistonda AKT sohasidagi keng koʻlamli tadbir – “ICTWEEK Uzbekistan 2022” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‘lib o‘tdi. Soʻnggi 18 yil davomida ushbu tadbir anʼanaviy tarzda bir qator ixtisoslashtirilgan tadbirlarni yagona formatda birlashtirib kelmoqda.
Haftalik dastur doirasida 22 ta tadbir o‘tkazildi, ularda 7776 nafar ishtirokchi qatnashdi. 200 million dollarga yaqin 10 ta hujjat (shu jumladan investitsiya shartnomalari) imzolandi.
Xususan, IT Park rezident-kompaniyasi Revotech va Amerika kompaniyasi Effika Corporation biznes jarayonlari autsorsingi (BPO)ning yangi yo‘nalishlari, ya’ni sug‘urta xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzoladilar. Hujjatga ko‘ra, Effika Corporation 2023-yil uchun sug‘urta sohasida $20 million miqdorida autsorsing xizmatlarini taqdim etadi.
Shuningdek, Huawei va ZTE Uzbekistan IT Park bilan umumiy qiymati 200 000 AQSh dollari bo‘lgan biznes jarayonlari autsorsingi markazlarini (BPO Markazlari) tashkil etish toʻgʻrisida protokol imzoladilar.
Bundan tashqari, “IT-Education” forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park va Coursera Inc bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv yakunlari boʻyicha memorandum imzolash toʻgʻrisida kelishuvga erishildi, unga koʻra 2023-yildan boshlab 1,2 million nafar oʻgʻil-qiz Coursera taʼlim platformasida ITʼning 3 ta asosiy yoʻnalishi (Frontend, Python, IT English) boʻyicha onlayn kurslarda qatnashishi mumkin.
Shuningdek, “Toyota Tsusho Corporation” bilan 150 million dollardan ortiq hamda Mobiuz va Huawei o‘rtasida 25,4 million dollarga shartnomalar imzolandi, KOIIA tomonidan raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish uchun 1,65 million dollarlik sertifikat taqdim etildi.
«ICTWEEK 2022»dagi muhim voqea O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov 30 yildan ortiq vaqt davomida Rossiya boshchik qilgan ASMH aloqa ma’muriyatlari rahbarlari Kengashi va MDHga a’zo davlatlarning Aloqa Sohasida Mintaqaviy Hamdoʻstlik (ASMH) ostida axborotlashtirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengashiga rais qilib saylangani bo‘ldi.
Birinchi kun AKT Haftaligi doirasida o‘tkazilgan tadbirlar qatorida Turkiy davlatlar Texnoparklarining panel muhokamasi bo‘lib o‘tdi, unda IT Park direktori Farhod Ibragimov (O‘zbekiston), Astana Hub bosh direktori Magjan Madiyev (Qozog‘iston), Qirg‘iziston dasturiy ta’minot va xizmatlar yaratuvchilari uyushmasi Bosh direktori Avigail Menashe (Qirg‘iziston), “Sabah” laboratoriyasi moliya direktori Togrul Ismailov (Ozarbayjon), Ernst & Young Markaziy Osiyo va Kavkazdagi texnologik konsalting amaliyoti direktori Maksim Vyatkin va Future Laboratory bosh direktori Irakli Kashibadze (Gruziya) so‘zga chiqdilar.
Panel muhokamasi davomida Texnoparklar vakillari IT-xizmatlar eksporti hajmini yanada oshirish, shuningdek, rezident-kompaniyalar va startaplarning tashqi bozorlarga chiqishi uchun TDT Texnoparklarini integratsiyalash masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Muloqot ishtirokchilari Turkiy Davlatlar Tashkiloti Texnoparklarining panel muhokamasi protokolini imzoladilar, uning doirasida Texnoparklar IT sohasini rivojlantirish va IT xizmatlarini eksport qilish tajribasini chuqur o‘rganish; AQSH bozorida faoliyat yuritayotgan mahalliy startaplarni qo‘llab-quvvatlash; Texnoparklar delegatsiyalarining tajriba almashish maqsadida hamda mahalliy texnologik tadbirkorlar va mutaxassislar hamjamiyati bilan tanishish maqsadida TDTʼga aʼzo mamlakatlarga sistematik tashriflarini tashkil etish.
AKT Haftaligining ikkinchi kuni, 25-oktabr kuni IT Park tomonidan BPO sammiti oʻtkazildi, uning maqsadi mehmonlarga ITʼda investitsiyalar, IT-autsorsing va xorijdan buyurtmalar olishning yangi imkoniyatlari haqida ma’lumot berishdan iborat edi.
Sammitda dunyoning deyarli barcha qit’alaridan o‘nlab investorlar va mijozlar ishtirok etishdi. Ular mehmonlarga BPOʼda biznesni qanday va nima uchun boshlash kerakligini, BPO mutaxassislarini qayerdan topish va qanday oʻqitishni aytib berishdi, shuningdek, BPO kompaniyalari uchun texnik va moliyaviy yordam olish mumkin boʻlgan insaydlar bilan boʻlishishdi.
Qolaversa, 2022-yilgi Oʻzbekiston ICTWEEK axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi parallel ravishda virtual makonda ham o‘tgani bilan yodda qoldi!
Bu “Grace Projects” MChJ tomonidan yaratilgan ikkita Metakoinot tufayli mumkin boʻldi – zamonaviy texnologiyalar yordamida raqamli dunyoga shoʻngʻish mumkin boʻldi. Shunday qilib, birinchi Metakoinot AKT Haftaligi doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlarga, ikkinchisi esa – startaplarning onlayn ko‘rgazmasiga bag‘ishlandi.
2022-11-03