IT Park qoshidagi IT Akademiyasi tomonidan Oʻzbekiston yosh tadbirkorlar uyushmasi Selfmade bilan hamkorlikda tashkil etilgan IT Marafon yakunlanib, marafonning 1 000 nafardan ortiq ishtirokchisi axborot texnologiyalari sohasida foydali bilimlarga ega boʻlishdi va bu hali hammasi emas.
Yakunlangan marafon spikerlari:
- Jahongir Poʻlatov — Cambridge ingliz tili oʻquv markazi asoschisi;
- Sardor Islomov — frilanser va muhandis dasturchi;
- Nuruddin Iminoxunov — unlimited @facebookʼni rivojlantirish boʻyicha mutaxassis;
- Dilmurod Nasibullayev — IT Akademiyani rivojlantirish va jamoatchilik boʻyicha menejer;
- Aleksandr Sternik — IT Park investitsiyalar boʻyicha bosh menejer.
IT Marafoni davrida maʼruzachilar IT sohasi haqida oʻz bilimlari bilan oʻrtoqlashdilar, Oʻzbekistonda dasturchi boʻlish imkoniyati va buning uchun nima qilish kerakligi haqida gapirdilar, shuningdek, spikerlar Oʻzbekiston IT bozorining salohiyati haqida va ayniqsa, IT sohasi bilan bogʻliq boʻlgan holatlarga eʼtibor qaratishlari kerakligi haqida soʻzladi.
Marafonning birinchi kunida IT yoʻnalishidagi mavzular va dasturiy taʼminotning umumiy taʼrifi muhokama qilindi.
Shu kuni marafon ishtirokchilari IT mutaxassisligi kasbiga oid nazariy bilimlarga ega boʻlib, IT sohasidagi kasbning uch bosqichidan xabardor boʻldilar.
Ikkinchi kun ishtirokchilarni “IT sohasining kelajagi. “One Million Uzbek Coders” platformasida veb dasturlashga kirish” mavzusi bilan kutib oldi.
Kunning oxirida marafonchilar IT sohasining uzoq muddatli istiqbollari haqida bilib oldilar va veb dasturlash boʻyicha asosiy tushunchalarga ega boʻldilar.
Uchinchi kuni marafonchilar yana-da koʻproq ishonch bilan uchrashishdi, chunki ular allaqachon axborot texnologiyalari va dasturiy taʼminot sohasidagi umumiy bilim va tushunchalarga ega edilar, biroq oldinda yana-da koʻplab yangi maʼlumotlar kutib turardi. Uchinchi kuni marafonchilar veb dasturlash asoslariga chuqur kirib, HTML bazasini oʻrgana boshladilar.
Toʻrtinchi kuni marafon ishtirokchilari veb dasturlash va HTML mavzusini davom ettirdilar, chunki bularning barchasini oʻrganish uchun bir oy kamlik qilar edi.
Keyingi, beshinchi kuni, marafonchilar yana-da murakkabroq boʻlgan CSSʼga oʻtdilar. CSSʼni oʻrganish uchun faqat bir kun ajratish adolatsiz boʻlar edi. Shuning tufayli, ishtirokchilar marafonning oltinchi kuni ham CSS bazasini oʻrganishni davom ettirdilar.
Tabiiyki, oltinchi kuni CSS bilan tanishish nihoyasiga yetmadi, biroq ancha-muncha tushunchalarga ega bo'lingan edi.
Va nihoyat, IT Marafonning oxirgi yettinchi kunida bir hafta ichida olingan barcha bilimlar bilan qayerga borish, qayerda va qanday qilib oʻrganish va yaqin kelajakda qayerda ishlash mumkinligi haqida maʼruza tinglashdi. Natijada, marafon ishtirokchilari oʻzlarining yoʻnalishlarini yangi dasturchi sifatida aniqlab oldilar va IT mutaxassis boʻlishga qodir ekanliklariga mustaqil ravishda ishonch hosil qildilar.
IT Marafoni tufayli ishtirokchilar oʻzlarini boshqarish boʻyicha bilim va koʻnikmalarni faol oʻzlashtirib, Soft Skillsʼni takomillashtirishga chuqur kirib, umuman, qiziqarli va ajoyib vaqt oʻtkazdilar.
Vaʼda qilinganidek, marafonni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar “One Million Uzbek Coders” kursining yakuni, shuningdek, IT Akademiyada dasturlash kurslarini oʻtash uchun chegirmalar beruvchi sertifikat olishdi!
One Million Uzbek Coders: http://uzbekcoders.uz
Oxirgi ma'ruza: https://www.youtube.com/watch?v=nmVi0E0qyIs&feature=youtu.be
2020-11-09