“IT-autsorsing” mavzusida vebinar bo’lib o’tadi

 6-iyul kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan) da “IT-autsorsing” mavzusida vebinar o’tkaziladi. Tadbir tashkilotchilari – IT Park va Ask VC.

Tadbir spikeri “Akhter Studios” asoschisi va bosh direktori Admet Akhter.

Sessiya davomida quyidagi mavzularga e’tibor qaratiladi:

 • IT-autsorsingda biznesni qanday boshlash kerak?
 • Jamoani qanday shakllantirish lozim?
 • ilk mijozlarni qay tarzda ega bo’lish mumkin?
 • jarayonni kengaytirish uchun nimani e'tiborga olish kerak?

Seminarga quyidagi havola orqali roʻyxatdan o’ting:
 https://forms.gle/ecdrviSF8RrY6ivCA

Tadbir Zoom platformasida rus tilida o‘tkaziladi.

Akhter Studios  bu Markaziy Osiyo miqyosida tez sur’atlarda rivojlanib borayotgan autsorsing kompaniyasi bo’lib, faoliyati IT-mahsulotlar ishlab chiqishga qaratilgan.  Kompaniya bir yildan ortiq vaqt ichida kompaniya 200 000 dan ortiq MRR, 4 mamlakatdan 60 kishi, o’z portfoliosida 8 mamlakatdan 25 ta loyiha ko’rinishida natijaga erishdi.

2022-06-29