IT-kompaniyalar va startaplar uchun PR kuni bo'lib o'tadi

IT-Park “ITCOMMS” kommunikatsion platformasi bilan birgalikda 14-sentabr kuni soat 14:00 da IT-kompaniyalar va startaplar uchun PR kunini tashkil qiladi.

PR-kun top-menejerlar, marketologlar va o'z kompaniyasi va uning mahsulotlarini targ'ib qilishdan manfaatdor bo'lgan barcha uchun mo'ljallangan.

Tadbir ma’ruzachilari – IT-kompaniyalar uchun birinchi aloqa platformasi asoschisi Aleksandr Lixtman va “ITCOMMS” aloqa platformasini rivojlantirish bo‘yicha direktori Anastasiya Komissarova.

Trening davomida ishtirokchilar quyidagilarni bilib oladilar:

• PR nima va u biznesga qanday yordam beradi;

• kompaniyalar va iste'molchilarni bog'lash usullari;

• savdo hajmini oshirish, investorlarni topish yoki yangi bozorga kirish;

• shaxsiy brend nima va uni rivojlantirishni qanday boshlash kerak.

Tadbir IT Park Tashkent binosida (Maxtumquli, 1A) rus tilida bo‘lib o‘tadi.

Dasturda ishtirok etish bepul. Joylar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun arizalar 13-sentyabrga qadar quyidagi havola orqali qabul qilinadi:

https://forms.gle/eQf8WsEbygCuqqET8.

Spikerlar haqida:

Aleksandr Lixtman IT-kompaniyalar uchun “ITCOMMS” nomli ilk aloqa platformasining asoschisi. Kommunikatsiyalar sohasida 20 yillik tajribaga ega mutaxassis. Ukraina, MDH va Rossiyada aloqa agentliklarini yaratgan va boshqargan. Aleksandrning mijozlari orasida AMD, ACER, MIO, Toshiba, Qualcomm va boshqalar kabi yirik xalqaro IT kompaniyalari mavjud.

Anastasiya Komissarova – “ITCOMMS” aloqa platformasini rivojlantirish bo'yicha direktor. 10 yillik tajribaga ega bo'lgan PR-mutaxassis, Toyota, ACER kabi kompaniyalar faoliyatini targ'ib qilgan. Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida muvaffaqiyatli yo'lga qo'yilgan “PR-kun” formati mualliflaridan biri.

2022-09-08