IT Markazlar ARCRED kibersport jamoasi bilan hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladilar

2020-yilning 8-iyul kunida IT Markazlar Direktori Nodir Alibekov ARCRED kibersport jamoasi Direktori Doniyor Joʻrayev bilan birgalikda uchrashuv oʻtkazdilar va unda IT Markazlar va ARCRED oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumga imzo chekdilar.



 

Ushbu memorandum hurmat va ishonch prinsiplariga asoslangan holda hamda axborot texnologiyalari sohasi rivoji  yoʻlida oʻzaro foydali hamkorlikdagi ikki tomonlama manfaatdorlikdan kelib chiqib, shuningdek Oʻzbekistonda kompyuter sporti (kibersport) yoʻnalishida mutaxassislar tayyorlash maqsadida imzolandi.



 

Memorandum doirasida tomonlar quyidagi yoʻnalishlarda oʻzaro hamkorlik qiladilar:

– Tomonlar oʻrtasida bevosita hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
– Ikki taraflama qiziq boʻlgan yoʻnalishlarda yuzaga keladigan savollarda oʻzaro hamkorlik va konsultatsiya qilish;
– Loyihalar amalga oshirilishi uchun Tomonlar bino, texnika va jihozlaridan birgalikda foydalanish;
– Homiylarni jalb qilgan holda hamkor loyihalarni amalga oshirish;
– Kompyuter sporti (kibersport) yoʻnalishi boʻyicha oʻzaro hamkorlikda tadbirlar oʻtkazish (oʻqitish, tajriba almashish, musobaqalar va boshqa.);
– Oʻzaro hamkorlikdagi boshqa yoʻnalishlar.





Ushbu memorandumning imzolanishi Oʻzbekistonda kibersportning rivojlanishiga koʻmak beradi, shuningdek mamlakat aholisi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida kibersportning ommalashishiga imkoniyat yaratadi.

2020-07-15