IT-Markazlarida mobil dasturlash boʻyicha kurslar boshlanmoqda

25-apreldan boshlab Toshkent shahridagi IT-Markazlarida mobil dasturlash bo‘yicha kurslar boshlanmoqda.

O‘quv dasturida IT sohasi va mobil ilovalar yaratishga qiziquvchi 12 yoshdan oshgan xohlovchilar qatnashishi mumkin.

 Oʻqitish davomiyligi – 6 oy. Trening davomida ishtirokchilar quyidagilarni oʻrganadilar:

 – Block sxemasi haqida (algoritm)

 – Dart dasturlash tili va OOP tushunchasi haqida

 – Flutter freymvorki yani Android va IOS platformalariga ilovalar yaratish haqida.

Kurs davomida kuratorlar va ekspertlar sizga uy vazifasini bajarish yoki oʻquv ishlari bilan bogʻliq har qanday savollarni hal qilishda yordam berishadi.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun murojaat qiling:

 +998 99 301 11 09

Telegram orqali bogʻlanish: @itcenteruz

2022-04-19