IT Park Andijon oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

IT Park Andijon davlat universiteti va Andijon qishloq xo‘jaligi agrotexnologiya instituti o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, ushbu memorandum doirasida tez orada Andijon viloyati yoshlari uchun yirik loyihalar ishga tushiriladi.

Universitetlar bilan hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad oʻz ichiga iqtidorli yoshlar o‘rtasida yaratilayotgan innovatsion loyihalar sifati va sonini oshirish, shu orqali mamlakatimiz startap ekotizimini rivojlantirishni oladi.

Hamkorlik doirasida har bir talaba o‘zining kuchli tomonlarini sinab ko‘rishi va qimmatli tajriba orttirishi mumkin bo‘lgan xakatonlar, seminarlar, mahorat darslari va boshqa turli tadbirlar tashkil etiladi.

Mamlakatimiz universitetlarida ochiladigan inkubatsiya markazlarida esa talabalarning innovatsion ishlanmalarini “g‘oya”dan tortib to ishlab chiqarishni boshlash va birinchi muvaffaqiyatli sotishgacha tijoratlashtirish dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.

Bugungi kunga kelib 21 ta inkubatsiya markazlari ochilgan.  Kelgusida talabalar o‘rtasida startap ekotizimini rivojlantirish uchun viloyatdagi boshqa oliy o‘quv yurtlarida inkubatsiya markazlarini ochish ham rejalashtirilgan.

2021-11-05