2022-yil 4-fevral kuni IT Park rezidentlari bilan “biznes-nonushta” bo‘lib o‘tdi, unda quyidagi kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdilar: “Exadel” MChJ, “Grepit” MChJ, “Bitwise” MChJ, “Datasite Technology” MChJ, “Zero Soft” MChJ, “United IT Company” MChJ, “Online Service Group” MChJ va boshqalar.
Biznes-nonushta davomida IT Park rezidentlari kompaniyalar faoliyati va ularning loyihalari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazdilar, hamda, kadrlar yetishmasligi va malakali mutaxassislarni topish yo‘llari, hamda, IT-xizmatlarni eksport qilish va xorijiy davlatlarga chiqish kabi masalalarni muhokama qildilar. Bundan tashqari, IT-kompaniyalar rahbarlari O‘zbekistonda IT-sanoatni rivojlantirish bo‘yicha kelgusi rejalari va maqsadlari haqida aytib oʻtdilar.
Ushbu uchrashuv axborot texnologiyalari sohasidagi yetakchi kompaniyalar rahbariyati o‘rtasida tarmoqni rivojlantirish va IT Park rezidentlari o‘rtasida strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish imkonini berdi.
Rezidentlar bilan bunday biznes nonushta oyiga 2 marta oʻtkaziladi. Uchrashuvlarning asosiy maqsadi – IT Park rezidentlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Bundan tashqari, rezidentlar uchrashuv davomida maʼlum bir mavzu yoki taqdimot bilan maʼruzachi sifatida ham harakat qilishlari mumkin. Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari uchun biznes-nonushta va mini-treninglar davomida mutaxassislar taklif etiladi.
2022-02-07