IT Park boti foydalanuvchilari statistikasi

Avvalroq, sizlar bilan tanishish hamda sizni yaxshiroq bilish maqsadida yaratilgan Telegram chat-boti ishga tushirilganini eʼlon qilgan edik. Bot yordamida biz IT sohasida taʼlim olishingiz uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishimiz mumkin.

Bot yaratilganidan buyon biz maʼlum miqdorda foydalanuvchilar yigʻishga muvaffaq boʻldik. 

Statistikaga koʻra, 1777 erkak va bor yoʻgi 152 ayol botdan foydalandilar, shundan:

– ITʼda oʻqishga qiziqqanlar – 1170 nafar;

– IT boʻyicha boshlangʻich bilimlarga ega – 346 nafar;

– ITʼda 3 yilgacha boʻlgan ish tajribasiga ega – 90 nafar;

– ITʼda 3 yildan 10 yilgacha boʻlgan ish tajribasiga ega – 74 nafar;

– ITʼda 10 yildan ziyod ish tajribasiga ega – 19 nafar;

Yanada batafsil statistika:

Botga havola: https://t.me/itparkuz_bot

2020-07-28