IT Park bozorni tadqiq va tahlil qilish bo‘yicha mutaxassis qidirmoqda!

 

Bilimlar:

1. Oliy maʼlumot;

2. Shartnoma va dastlabki hujjatlar bilan ishlash boʻyicha tajriba;

3. IT sohasida 1–5 yillik ish tajribasi;

4. Word dasturini professional darajada bilish, Excelʼda jadvallar (formulalar) tuza olish;

7. Rus, oʻzbek tillarini bilish, ravon yozma va ogʻzaki nutq.

Mahorat/koʻnikmalar:

1. Davlat tashkilotlari uchun xatlar tayyorlash va yozish.

2. Aloqalarni yoʻlga qoʻyish, boshqa insonlar bilan konstruktiv va oʻzaro foydali munosabatlar oʻrnata olish.

3. Bir vaqtning oʻzida bir qancha vazifalar bilan ishlay olish.

4. Qisqa muddat ichida natijaga erisha olish mahorati (koʻnikmasi).

5. Davlat xizmatlari bozorini oʻrganish; optimallashtirish, muammolarni izlash va ularga yechim berish maqsadida axborot texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. Nomzod Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligi tizimlarida ishlagan boʻlsa, ayni muddao.

Jamoamizga kimni izlamoqdamiz:

• Natija va tashabbus koʻrsata oluvchi faol xodimni.

• Oʻz hamkasblarini eshita va tinglay oladigan, shuningdek ish vaqtida yuzaga keladigan qiyin vaziyatlarda unumli qaror qabul qila oladigan jamoa aʼzosini.

• Mijozlarimizning muammolarini sinchiklab oʻrganadigan va ularga koʻmak va yordam bera oladigan hamkasbni.

Sharoitlar:

-Munosib ish haqi (4 000 000 soʻmdan boshlanadi);

- 9:00 dan 18:00 gacha toʻliq ish kuni; 5/2;

- Hujjatlar OʻzRes MKga muvofiq rasmiylashtiriladi

Rezyumeni telegram orqali quyidagi raqamga yuborish mumkin: 📞 +998 99 8106035

2020-06-24