Joriy yilning 30-oktyabr kuni IT Park tashabbusi bilan Buxoro viloyati hokimligi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida “Buxoro IT Expo” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi va unda 40 dan ortiq korxona ishtirok etdi.
Ushbu ko‘rgazmani o‘tkazishdan asosiy maqsad dasturiy mahsulotlar bozorini rivojlantirish va mamlakat IT ekotizimini shakllantirish imkonini beruvchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash edi.
Ko’rgazmaning asosiy ishtirokchilari Huawei, Telecom Devices Pro, O’zbektelecom, Uzdigital TV, Turon TV, Aloqabank va O’zbekiston pochtasi kabi kompaniya va tashkilotlardan iborat boʻldi. Tadbirga tashrif buyurganlar uchun kompaniyalar faoliyati, axborot texnologiyalari sohasidagi islohotlar va yutuqlar, ushbu sohada biznes yuritish istiqbollari hamda IT Park’da rezident bo‘lishning afzalliklariga bag‘ishlangan mahorat darslari va taqdimotlar o‘tkazildi.
Ko‘rgazma davomida turli korxona vakillari nafaqat potensial mijozlar, balki bo‘lajak strategik hamkorlar bilan ham muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
2021-11-03