IT PARK CAMBRIDGE GROUP BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMINI IMZOLADI

IT Park “Cambridge Group” taʼlim markazi bilan oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi. Bu Oʻzbekistonda yuqori malakali va koʻp tilli mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Mazkur strategik hamkorlik yoshlarni rivojlantirish, ularga ish imkoniyatlarini yaratish va chet tillarini yuqori darajada biladigan IT-mutaxassislarga qiziqish bildirgan xalqaro kompaniyalarni jalb qilishga qaratilgan.

“Cambridge Group” — innovatsion usullar orqali chet tillarini sifatli oʻqitishni taʼminlaydigan takomillashtirilgan oʻquv markazlari tarmogʻidir. “Cambridge Learning Center” oʻquv markazi 2014-yilda asos solingan.

Bu nima uchun muhim?

Hamkorlik IT Park va “Cambridge Group” oʻrtasida bitiruvchilarni IT Park Uzbekistan rezidenti boʻlgan xalqaro ITES kompaniyalarida ish bilan taʼminlashga koʻmaklashishni nazarda tutadi. Bu Oʻzbekistonning global mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshiradi, yoshlar uchun koʻproq imkoniyatlar yaratadi hamda xalqaro taʼlim standartlari va amaliy koʻnikmalardan foydalanish imkonini beradi.

Hamkorlik doirasida rezidentlar boʻsh ish oʻrinlarini joylashtirishi, “Cambridge Group” dasturlari talabalari va bitiruvchilari esa oʻzlariga mos lavozimlarni topishi mumkin boʻlgan qoʻshma platforma ishlab chiqildi va ishga tushirildi. Bu yosh mutaxassislarning kasbiy oʻsishi va karyerasini rivojlantirish uchun samarali yoʻl yaratadi. Platformada talabalar oʻqish va karyerani rivojlantirish boʻyicha shaxsiy tavsiyalar olishlari mumkin, bu esa yoshlarga mos lavozimlarni topishni sezilarli darajada osonlashtiradi.

IT Park yangi isteʼdodlarning oʻsishi va rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, mamlakatga xalqaro kompaniyalarni jalb qilish boʻyicha faol ishlarini davom ettirmoqda. Bu orqali Oʻzbekistonning yuqori texnologiyalar global bozoridagi yetakchi oʻyinchilardan biri sifatidagi mavqeyini mustahkamlamoqda. Ushbu hamkorlik natijasida yosh mutaxassislar uchun muvaffaqiyatli xalqaro karyera qurish uchun noyob imkoniyatlar paydo boʻlmoqda.

2025-01-03