«IT Park Cup» - sport dasturlash chempionatining tanlov natijalari eʼlon qilindi!

2020-yilning 29-noyabr kuni Toshkent shahridagi INHA universiteti va “One Million Uzbek Coders” loyihasi hamkorligida IT Park va Dubai Future Foundation jamgʻarmasi tomonidan tashkillashtirilgan mukofot jamgʻarmasi 30 000 AQSh dollarini tashkil qiluvchi “IT Park Cup” onlayn sport dasturlash chempionatining saralash bosqichi boʻlib oʻtdi.

Jami ariza topshirgan 640 ishtirokchi ichidan 117 tasi yakuniy bosqichga yoʻl oldi.

Sport dasturlash – bu intellektual sportning turli koʻrinishlaridan biri boʻlib, unda dasturchilar ommabop dasturlash tillaridan foydalangan holda murakkab algoritmli vazifalarni tezlikka ishlashi kerak boʻladi – asosan C/C++, Kotlin, Java va Python.

Eslatib oʻtamiz, chempionatning final bosqichi 6-dekabr kuni soat 13:00 da INHA universitetida boʻlib oʻtadi. Final bosqichda eng kuchli ishtirokchilar 30 000 AQSh dollari miqdoridagi sovrin uchun kurash olib boradilar.

30 000 AQSh dollar miqdoridagi mukofot jamgʻarmasi 6 ta gʻolib oʻrtasida taqsimlanadi.

Maʼlumot oʻrnida:

Oʻzbek tilidagi sport dasturlash kurslarini http://epark.uz havolasi orqali topishingiz mumkin.
 

2020-12-01