IT Parkʼda boʻlgʻusi IT Park kompleksi binolaridan birining investori bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi!

IT Park 2020-yil 16-noyabr kuni IT Parkʼning boʻlgʻusi kompleksi hududida qad koʻtarayotgan binolardan birining investori bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Janubiy Koreyaning “Uni Asset Global Co. Ltd” kompaniyasi mazkur investor hisoblanadi.

Uchrashuvda IT Park Direktori Farhod Ibragimov, “Uni Asset Global Co., Ltd” kompaniyasi Direktori va asoschisi Jun Sung Mok va IT Parkʼda sifat nazorati boʻyicha mutaxassis Sobirjon Ahmedovlar ishtirok etdilar.

“Uni Asset Global Co., Ltd” kompaniyasi investor boʻlgan binolardan biriga taalluqli bir qator savollar muhokama qilindi. Tomonlar binoda yaratish mumkin boʻlgan sharoitlarni muhokama qildilar, shuningdek, biznes ofislari, mehmonxona va restoran yaratish imkoniyatlarini koʻrib chiqdilar.

25 qavatli bino Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, IT Park kompleksidaagi boʻlgʻusi IT shaharcha hududida qad rostlaydi.

Eslatib oʻtamiz, zamonaviy kompleksni yaratish ishlari oʻtgan yilning 20-noyabrida boshlangan edi. Bosqichma-bosqich ravishda 17 korpus, jumladan 20-25 qavatli ofis binolari, 22 qavatli mehmonxona, universitet, konferensiyalar zali, kovorking markazi va boshqa obyektlar qurib bitkaziladi. Inshoot 9 balldan ziyod magnitudali yer qimirlashiga bardosh bera oladi. 3 darajali yerosti avtoturargoh bunyod etiladi. Kompleksdan shuningdek, kafe va restoranlar, doʻkonlar, machit, sport maydonchasi va dam olish hududi oʻrin  oladi.

2020-11-17